| Taxi Driver | |
|---|---|
| Film logosi | |
| Rejissyor(lar) | Martin Scorsese |
| Prodyuser(lar) |
|
| Ssenariy muallif(lar)i | Paul Schrader |
| Rollarda |
|
| Bastakor(lar) | Bernard Herrmann |
| Operator(lar) | Michael Chapman |
| Montajyor(lar) |
|
| Studiya |
|
| Distribyutor | Columbia Pictures |
| Premyera sanasi |
|
| Davomiylik | 114 daqiqa |
| Mamlakat | |
| Til | inglizcha |
| Byudjet | $1.9 million |
| Daromad | $28.6 million |
Taxi Driver (oʻzbekcha: Taksi Haydovchisi) – 1976-yilda suratga olingan amerika neo-noir janridagi psixologik vigilant filmi boʻlib, Martin Scorsese tomonidan rejissyorlik qilingan, ssenariyini esa Paul Schrader yozgan. Filmda bosh rollarni Robert De Niro, Jodie Foster, Cybill Shepherd, Harvey Keitel, Peter Boyle, Leonard Harris va Albert Brooks ijro etishgan. Film voqealari Vyetnam urushidan keyingi axloqiy jihatdan tanazzulga uchragan Nyu York shahrida boʻlib oʻtadi. Filmda Travis Bickle (De Niro) ismli urush faxriysi va taksi haydovchisi hamda uning tungi shaharda ishlash davomida ruhiy holatining yomonlashishini haqida soʻz boradi.
The Wrong Man (1956) va A Bigger Splash (1973) filmlaridan ilhomlanib, Scorsese ushbu film voqealarini tomoshabinlar tushda sodir boʻlganday his qilishni xohlaydi. Operator Michael Chapman bilan birga suratga olish ishlari 1975-yil yozida Nyu York shahrida boshlangan, loyiha 1,9 million dollarlik kichik byudjetda amalga oshirilishi uchun aktyorlar ish haqlari qisqartirilgan. Suratga olish ishlari oʻsha yilda yakunlangan. Bernard Herrmann film uchun musiqa bastalagan va bu uning oxirgi ishi boʻlgan, musiqani bastalab tugatgandan bir necha soat oʻtgach vafot etgan va film unga bagʻishlanadi.
- 1976-yil filmlari
- AQSh filmlari
- Ingliz tilidagi filmlar
- Martin Scorsese filmlari
- Columbia Pictures filmlari
- Alifbo boʻyicha filmlar