Janubiy Dakota - AQShning shimoli qismidagi shtat. Maydon 199,7 ming km2. Aholisi 756,6 ming kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Pirr shahri. Janubiy Dakota hududining janubisharki Markaziy tekisliklarda, gʻarbi Buyuk tekisliklarda. Gʻarbiy qismida chuqur vodiy va jarlik koʻp. Yer yuzasining balandligi sharqida, asosan, 330 m dan garbida 1000 m gacha (Blek-Xils tog massivi). Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —10°, —12°; iyulniki 20—22°. Yillik oʻrtacha yogʻin 400– 500 mm. Eng katta daryosi — Missuri. AQSh ittifogʻiga 21 avgust 1959 yilda kirgan, undan oldin.
| |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Shtat | |||||
| |||||
| Shtat laqabi: Mount Rushmore Shtati | |||||
| |||||
| Mamlakat | |||||
| Poytaxt | Pierre | ||||
| Eng yirik shaharlar | Sioux Falls Rapid City Aberdeen | ||||
| Maydon • Butun | AQSh: 17-oʻrinda 199,731 km² | ||||
| Aholi • Butun (2021) | AQSh: 46-oʻrinda 775,933 | ||||
| YIM • YIM | AQSh: 46-oʻrinda $29,386 million | ||||
| Ittifoqqa kirish • Sana | 8-boʻlib 23 may 1788 | ||||
| Vaqt | UTC-6 (CST) / -7 (MST) | ||||
| Qisqartma | SD [46] | ||||
| Shtat guli | Pasque flower (Pulsatilla hirsutissima) | ||||
| Shtat daraxti | Black Hills Spruce (Picea glauca var. densata) | ||||
Xoʻjaligining asosi — qishloq xoʻjaligi Goʻshtsut chorvachiligi rivojlangan. Qoramol va choʻchqa boqiladi. Bugʻdoy, suli, arpa, zigʻir, yem-xashak ekinlari, makkajoʻxori ekiladi. Konchilik sanoati rivojlangan. Oltin, kumush, uran rudalari qazib chiqariladi. Oziq-ovqat (goʻsht konservalash, un tortish, yogʻ, pishloq) korxonalari bor. Qishloq xoʻjaligi ish qurollari ishlab chiqariladi.


