Sirojiddin Sayyid (asl ism-sharifi Saidov Sirojiddin Salohovich, 1958-yil 30-oktabr, Sariosiyo tumani Kundajuvoz qishlogʻi) – shoir.
Taʼlim
1979-yilda Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.
Qilgan ishlari
„Toshkent oqshomi“ (1980—89), „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ (1989—90; 1991—96) gazetalari va „Mushtum“ jurnalida (1990—91) adabiy xodim, boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruv raisi oʻrinbosari (2001—03), birinchi oʻrinbosari (2003—2018), 2018-yildan Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasining raisi sifatida faoliyat olib boradi.
Siyosiy faoliyati
2020-yil 18-yanvarda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirojiddin Saidovni Oliy Majlis Senatori etib tayinlash toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi.
2020-yil 11-sentabrda OʻzLiDeP siyosiy kengashiga tasdiqlandi.
Ijodi
Ilk sheʼrlar toʻplami – „Ruhim xaritasi“ (1985). Shundan keyin uning „Salqin harsanglar kaftida“ (1987), „Sevgi mamlakati“ (1989), „Asragil“, „Mehr qolur, muhabbat qolur“ (1990), „Kuydim“ (1994), „Vatanni oʻrganish“ (1996), „Vatan abadiy“ (2001) va boshqa toʻplamlari nashr etilgan. Sirojiddin Sayyid sheʼriyatida oʻzbek mumtoz sheʼriyati anʼanalari bilan birga xalq ogʻzaki ijodiga xos xususiyatlar – xalqchillik, soddalik, tilning shiraligi, Surxondaryo shevasiga xos leksik va musiqiy tovlanishlar yetakchilik qiladi. Shuning uchun uning aksariyat sheʼrlari ashulaga aylangan. Ayni paytda Sirojiddin Sayyid oʻz ijodida oʻzbek sheʼriyatining soʻnggi badiiy yutuqlarini oʻzlashtirgan holda hozirgi voqelikda va kishilarning ruhiy olamida yuz berayotgan oʻzgarishlarni aks ettirmoqda.
Mukofoti
- 1999-yilda „Doʻstlik“ ordeni
- 2006-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri“.
- 2021-yilda „Mehnat shuxrati“ ordeni.
- 2025-yilda „El-yurt hurmati“ ordeni.
- 30-oktyabrda tugʻilganlar
- 1958-yilda tugʻilganlar
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston xalq shoirlari
- Oʻzbekiston senatorlari