Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ahmetov Sirojiddin (1928-yil 9-dekabr, Chimboy tumani — 1996-yil Nukus) — qoraqalpoq adabiyotshunosi. Oʻzbekiston (1975) va Qoraqalpogʻiston (1973)da xizmat koʻ

Sirojiddin Ahmetov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ahmetov Sirojiddin (1928-yil 9-dekabr, Chimboy tumani — 1996-yil Nukus) — qoraqalpoq adabiyotshunosi. Oʻzbekiston (1975) va Qoraqalpogʻiston (1973)da xizmat koʻrsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori (1966), professor (1970). Nukus davlat pedagogika institutini tugatgan (1947). Shu institutida oʻqituvchi, kafedra mudiri, dekan (1948—1950, 1954-1976), Qoraqalpogʻiston davlat universitetida dekan (1976—1981), kafedra mudiri (1981-yildan). Ilmiy ishlari qoraqalpoq adabiyotining taraqqiyot bosqichlari, turli janrlari va ularning rivoji kabi mavzularga bagʻishlangan. „Adabiyot va tanqid“ (1978), „Qoraqalpoq adabiy tanqidi va adabiyotshunosligi tarixidan“ (1980) va boshqa asarlar, shuningdek darslik, oʻquv qoʻllanmalari muallifi. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1983).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Yuqori