Shodiya Abduqodirova (Toʻxtayeva) — O‘zbek milliy akademik teatri aktrisasi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist.
Hayoti
Abdukadirova Shodiya Dilshatovna 1983-yilda Toshkentda tugʻilgan.Oʻzbekistonning teatr hamda kino aktrisasi.2014-yil „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻsatgan artist“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.Milliy teatrda 2007-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Sh.Toʻxtaeva jamoat ishlarida ham faol qatnashib, oldiga qoʻyilgan har bir vazifaga jiddiy yondashadi. U kelajagi porloq, isteʼdodli va serqirra aktyorlardan biri. 2012-yil „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni bilan tadirlangan. U respublikamiz miqyosida keng nishonlanib kelinayotgan Mustaqillik va Navroʻz umumxal bayramlari va bosha koʻplab madaniy tadbirlarda boshlovchi va aktyor sifatida faol ishtirok etib kelmoqda.
Faoliyati
| Yil | Film nomi | Obraz | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2017 | Nazira | ||
| 2015 | Mehmonxona | ||
| 2013 | Tutash taqdirlar | ||
| 2013 | Soy qoʻshigʻi | ||
| 2012 | Tubanlik | ||
| 2012 | Zirapcha | ||
| 2012 | Hay hay qizaloq | ||
| 2012 | Dilor, Dilor, Dil va Or | ||
| 2011 | Fidoiylar | ||
| 2011 | Yorim-bezorim | ||
| 2009 | Uqubat | ||
| 2008 | Oʻyin | ||
| 2007 | Vijdon | Qahramonning rafiqasi, Dilfuzaning kelinopasi | |
| 2006 | Chashma | ||
| 2005 | Kelgindi kuyov | ||
| 2003 | Qaytar Dunyo | Ikkinchi xotin |
- Kino