Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Sherzodxon Tojiddinxon oʻgʻli Qudratxoʻja — jurnalist, teleboshlovchi, siyosatshunos, siyosiy fanlar doktori, professor, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kom

Sherzodxon Qudratxoʻjayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Sherzodxon Tojiddinxon oʻgʻli Qudratxoʻja
Tavalludi 1974-yil 26-may (1974-05-26) (52 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turmush oʻrtogʻi Mukarramxon Alisherovna Agzamxodjayeva
Bolalari Muazzamxon, Saidislomxon, Manzuraxon
Otasi Qudratxoʻjayev Tojiddin Toʻlyaganovich
Qudratxoʻjayeva Moʻtabar Mirsolixovna
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Sherzodxon Tojiddinxon oʻgʻli Qudratxoʻja — jurnalist, teleboshlovchi, siyosatshunos, siyosiy fanlar doktori, professor, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, „Xalqaro press klub“ NNT raisi (2017—2022), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi.

Faoliyati

1996—1998-yillar — Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi Axborot direksiyasi muharriri, siyosiy sharhlovchisi;

1998—1999-yillar — Oʻzbekiston Teleradiokompaniya Xalqaro koʻrsatuvlar direksiyasi direktori;

1999—2000-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazi va xizmati rahbari;

2000—2005-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati bosh konsultanti;

2005—2008-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Matbuot kotibi;

2008—2012-yillar — Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Internet jurnalistika va informatsion texnologiyalar kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchisi;

2012—2013-yillar — Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Internet jurnalistika va informatsion texnologiyalar kafedrasi mudiri;

2013—2016-yillar — Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Uslubiyat, tahrir va internet jurnalistika kafedrasi dotsenti;

2016—2017-yillar — Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Raqamli ommaviy axborot vositalari kafedrasi dotsenti;

2017—2018-yillar — Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Matbuot nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri;

2017—2022-yillar — Xalqaro Press-klub nodavlat-notijorat tashkiloti raisi;

2017—yildan hozirga qadar — Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti;

2018—yildan hozirga qadar — Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori.

2019—2024-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining jamoatchilik asosidagi aʼzosi

2022—yildan hozirga qadar — Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi

2022—yildan hozirga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Jamoatchilik kengashi raisi

Mukofotlari

  • 2019-yil — „Oltin qalam“ milliy mukofoti Gran-pri sovrindori;
  • 2019-yil — „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi;
  • 2020-yil — „Mehr-saxovat“ koʻkrak nishoni sohibi;
  • 2020-yil — „Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist“ faxriy unvoni sohibi;
  • 2022-yil — „2021-yilning Media Lideri“.
  • 2025-yil — "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist" unvoni

Shov-shuvli chiqishlari

Sherzodxon Qudratxoʻja tomonidan 2024-yilning 13-fevral kuni Kirill Altmanga Alter Ego loyihasi uchun berilgan intervyu omma orasida keng shov-shuvlarga sabab boʻldi. Xususan, intervyu davomida aytgan "Oʻzbekistonda yashab, oʻzbek tilini bilmaydiganlar „bosqinchi“ yoki „axmoq“ ekanini oʻzlari hal qilishi kerak", kabi fikrlari rus ommasi tomonidan qattiq tanqidlarga uchradi. „Rossotrudnichestvo“ rasmiylari Qudratxoʻja kechirim soʻramaguniga qadar u bilan kechadigan har qanday muloqot va aloqalar toʻxtatilishini maʼlum qildi.

Oʻzbek internet segmenti tomonidan esa bu intervyuda aytilgan fikrlar iliq qabul qilindi[manba kerak].

Yuqori