Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Shaxmat (forscha: شاه مات, shoh mot — „shoh oʻldi“) — ikki kishilik mantiqiy oʻyin. Ba'zida bu o'yinning Xiang qi (Xitoycha shaxmat) yoki shogi (Yaponcha shaxma

Shaxmat

Shaxmat (forscha: شاه مات, shoh mot — „shoh oʻldi“) — ikki kishilik mantiqiy oʻyin. Ba'zida bu o'yinning Xiang qi (Xitoycha shaxmat) yoki shogi (Yaponcha shaxmat) kabi boshqa xil shakllaridan ajratish maqsadida Xalqaro shaxmat yoki G'arb shaxmati deb ataladi. Shaxmat yashirin ma’lumotlar yoki tasodifiylik elementlarini o’z ichiga olmaydigan abstrakt strategik o’yindir. Oʻyindan maqsad — raqib shohini mot qilish . Bu o'yin 64 ta katakli taxtada 32 ta figura yordamida va 8x8 katakli taxtada oʻynaladi.

Shaxmat taxtasi, donalari va shaxmat soati.

O'yinchilar, odatda, "Oq" yoki "Qora" deb ataladi. Har bir oʻyinchi 16 ta figuraga ega boʻladi:

  • Shoh — 1 dona
  • Vazir — 1 dona
  • To‘ra— 2 dona
  • Afitser — 2 dona
  • Ot — 2 dona
  • Pechka 8 dona

Shaxmat musobaqalari paytida maʼlum sondagi yurishlar qilinishi uchun chegaralangan vaqt belgilanadi. Dastlabki 40 ta yurish uchun 2,5, 2 va 1,5 soat ajratiladi. Tezkor shaxmatda oʻyinni tugatish uchun aniq vaqt (30, 25, 15 va 5 daqiqadan) beriladi. Sirtqi shaxmatda har bir yurishni amalga oshirish uchun masofa va aloqa vositasi turiga qarab, kun yoki haftalar belgilanishi mumkin.

Hozirgi koʻrinishdagi shaxmat hind shatranjidan tubdan farq qiladi, Janubiy Yevropada XV asr oxirlarida shakllangan.

Bugungi kunda shaxmat eng mashhur oʻyinlardan biriga aylangan, sport turi sifatida qabul qilingan; dunyo boʻylab millionlab kishilar bu oʻyinni oʻynashadi. Shaxmat aqliy gimnastika sifatida ham koʻriladi.

Tarixi

Shaxmatning kelib chiqishi chaturanga oʻyiniga borib taqaladi. Oʻzbek xalifaligi davrida bu oʻyin shatranj nomi bilan ommaviylashdi. Oʻzbeklar shaxmat yozuvini joriy etgani uchun shaxmat oʻyinlari matniga oid qimmatli maʼlumotlar saqlanib qolgan. Abulfath Ahmad ibn Sijziy „Shatranj kitobi“da 819 yilda Xurosonda oʻtkazilgan birinchi shaxmat musobaqasi va unda gʻolib chiqqan oʻrta-osiyolik mashhur shatranjchi Abu Bakr as-Suliy haqida yozgan. As-Suliy koʻplab shaxmat voqealariga qahramon boʻlib kirgan Abulfaroj Laylojga ustozlik qilgan.

Shaxmat 11-asrdan boshlab Yevropada jadal rivojlandi. 15-asrda shaxmat qoidalariga oʻzgarishlar kiritildi. 1512-yilda Rimda Damianoning „Bu kitob shaxmat oʻynashni oʻrgatadi“ toʻplami bosildi va u Yevropa tillariga tarjima qilindi. 1575-yilda Madridda Ispaniya va Italiya shaxmatchilari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. 17-asrda Joakkino Greko (Italiya), 18-asrda Danikan (Fransua Andre), Filidor (Fransiya), 19-asrda Govard Staunton (Angliya), Adolf Andersen, Iogannes Sukertort (Germaniya), Pol Morfi, Lui Paulsen (AQSH), Ignats Kolish, Vilgelm Steynits (Avstriya—Vengriya), Aleksandr Petrov, Mixail Chigorin (Rossiya) kabi shaxmat ustalari bu oʻyinning rivojiga katta hissa qoʻshishdi.

1851-yilda Londonda 1-xalqaro musobaqa uyushtirildi. Unda Andersen gʻalaba qozondi. 1886-yildan shaxsiy jahon chempionati oʻtkazilishi shaxmatni yanada ommalashtirdi. 1924-yilda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tuzildi. 1987-yilda tuzilgan Grossmeysterlar assotsiatsiyasi (keyin Jahon shaxmat kengashi, deb nomlandi) mustaqil ravishda shaxmat boʻyicha bir qancha musobaqa, jahon kubogi va chempionati tashkil etdi. 2000-yilda Vladimir Kramnik va Garri Kasparov oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada Kramnik gʻalaba qozondi va jahon chempioni, deb eʼlon qilindi. FIDE shaxmatdagi boʻlinishga barham berish maqsadida mutlaq jahon chempionini aniqlash uchun birlashtiruvchi musobaqa belgiladi.

Shaxmat Oʻzbekistonda

Oʻzbekiston zaminida shaxmat chuqur ildiz otganini tasdiqlovchi manbalar mavjud. 1972-yilda Dalvarzintepa (Surxondaryo)da olib borilgan arxeologik qazilmalar vaqtida Kushon davri (I—II-asrlar)ga oid shaxmat donalari, 1977-yilda Afrosiyob (Samarqand)da oʻtkazilgan tadqiqotlar chogʻida VII(7)—VII(8)-asrlarga taalluqli 7 ta shaxmat donasi topilgan. IX-asrda yashagan arab olimi va shatranjchisi al-Adliyning yozishicha, shatranjdagi inson tafakkurini cheklagan shashxoldagi xollarning tushishiga qarab yurish shashxolning bekor qilinishi va bu oʻyinning rivojlanishida Oʻrta Osiyo xalqlari muhim rol oʻynagan. Abu Rayhon Beruniyning „Hindiston“, Abdurazzoq Samarqandiyning „Matlai saʼdayn va majmai bahrayn“, Alisher Navoiyning „Majoil ul-nafois“, „Lison uttayr“, Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma“ va boshqalar tarixiy asarlarda shaxmat (shatranj)ga oid qimmatli maʼlumotlar bor. Amir Temur davrida quchli shatranjchilar Samarqandda toʻplanishgan. Tabrizlik Ali ash-Shatranjiy (Oloviddin at-Tabriziy) Samarqandda oʻtkazilgan musobaqalarda gʻolib chiqqan. Shatranj haqida kitob yozib, unga oʻzining va XIV(14)-asrgacha Oʻrta Osiyoda yashagan koʻplab oliya (grossmeyster)larning mansubalarini kiritgan. Amir Temurning oʻzi bilan ham shatranj oʻynab turgan.

XX(20)-asrning 20-yillaridan Oʻzbekistonda shaxmatning zamonaviy qoidalari keng targʻib etilishi bu sport turining rivojlanishiga turtki berdi. Toshkent, Samarqand, Qoʻqon va boshqalar shaharlarda shaxmat toʻgaraklari ochildi. Azmiddin Xoʻjayev, Sergey Freyman, Poʻlat Saidxonov, Zokir Xoʻjayev kabilar shaxmatni targʻib etishda jonkuyarlik koʻrsatishdi. 1930-yildan erkaklar, 1935-yildan ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatlari oʻtkazila boshlagan (Aleksandr Grushevskiy va Larisa Pinchuk eng koʻp — 8 martadan chempion boʻlishgan). Turli davrlarda Fyodor Duz-Xotimirskiy, Salo Flor, Tigran Petrosyan, Paul Keres, Aleksandr Kotov, Mark Taymanov, Viktor Korchnoy, Anatoliy Karpov kabi taniqli grossmeysterlarning Oʻzbekistonga kelib, maʼruzalar oʻqishi, bir yoʻla oʻyin (seans)lar oʻtkazishi, musobaqalarda qatnashishi mamlakatimiz shaxmati rivojiga samarali taʼsir etdi. XX (20)-asrning 50-yillaridan boshlab Mamajon Muhitdinov, Ulugʻbek Elbekov, Sergey Pinchuk, Roman Kim, Alla Mkrtichan kabi shaxmat jonkuyarlarining yangi avlodi voyaga yetdi. Respublika shaxmat-shashka klubi foydalanishga topshirildi, turli toifadagi musobaqalar oʻtkazila boshlandi, gazeta va jurnallarda shaxmat ruknlari, Oʻzbekiston televideniyesida shaxmat koʻrsatuvi ochildi, shaxmatga oid kitoblarni nashr etish yoʻlga qoʻyildi. Isaak Birbrager, Yefim Ruxlis kabi shaxmat kompozitorlari turli tanlovlarda gʻolib chiqishdi. Georgiy Borisenkoga sirtqi shaxmat boʻyicha xalqaro grossmeyster unvoni berildi. Georgiy Aʼzamov esa Oʻzbekistondan yetishib chiqqan 1-xalqaro grossmeyster boʻldi (1984).

1992-yilda Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi jahon shaxmat olimpiadasida 2-oʻrinni egalladi, 1999-yilda esa Osiyo chempionatida gʻalaba qozondi. 1998-yilda Ibrohim Hamroqulov oʻsmirlar oʻrtasida jahon birinchiligida gʻolib chiqdi. Rustam Qosimjonov 1998-yilda Osiyoning birinchi, 2004-yilda esa jahonning 17-chempioni boʻldi.

Nufuzli musobaqalarda yuqori natijalar koʻrsatgani uchun FIDE Oʻzbekistonlik quyidagi shaxmatchilarimizga xalqaro grossmeyster unvonini berdi: Valeriy Loginov, Aleksandr Nenashev, Grigoriy Serper, Sergey Zagrebelniy, Saydali Yoʻldoshev, Aleksey Barsov, Mixail Saltayev, Rustam Qosimjonov, Rena Mamedova, Shuhrat Safin, Marat Jumayev, Dmitriy Qayumov, Timur Gareyev. Bir necha shaxmatchi va murabbiylar Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvoni va orden-medallari bilan mukofotlanishdi. Mamlakatda bolalar va yoshlar oʻrtasida ham shaxmatni rivojlantirishga katta eʼtibor berilyapti. Shaxmat „Umid nihollari“, „Barkamol avlod“, universiada musobaqalari dasturiga kiritilgan. Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchilar bolalar-oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan xalqaro musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallab kelishyapti. Hozirgi vaqtda Toshkent va viloyatlardagi shaxmatga ixtisoslashgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, shaxmat klublari va toʻgaraklarida 268 murabbiy faoliyat koʻrsatyapti. Mamlakatimizda 7984 kishi (2320 nafari xotin-qizlar) shaxmat bilan bevosita shugʻullanishadi, ulardan 3220 nafari shaxmat razryad va unvonlariga ega.

FIDE tasnifi boʻyicha jahon chempionlari

  • V. Steynits   Avstriya  : 1886 — 1894
  • E. Lasker   Germaniya : 1894 — 1921
  • X.R. Kapablanka   Kuba  : 1921 - 1927
  • A. Alyoxin   Fransiya : 1927 — 1935, 1937 — 1944
  • M. Eyve   Niderlandiya : 1935 - 1937
  • M. Botvinnik   Sovet Ittifoqi : 1948 — 1957, 1958—1960, 1961—1963
  • V. Smislov   Sovet Ittifoqi : 1957 — 1958
  • M. Tal   Sovet Ittifoqi : 1960 - 1961
  • T. Petrosyan   Sovet Ittifoqi : 1963 — 1969
  • B. Spasskiy   Sovet Ittifoqi : 1969 — 1972
  • R. Fisher   AQSH : 1972 - 1975
  • A. Karpov   Sovet Ittifoqi : 1975 - 1985, 1993 - 1999
  • G. Kasparov   Sovet Ittifoqi : 1985 — 1993
  • A. Xalifman   Rossiya  : 1999 — 2001
  • V. Anand   Hindiston  : 2001 — 2002
  • R. Ponomaryov   Ukraina  : 2002 — 2004
  • R. Qosimjonov   Oʻzbekiston : 2004 - 2005
  • V. Topalov   Bolgariya  : 2005 - 2006
  • V. Kramnik   Rossiya  : 2006 - 2007
  • V. Anand   Hindiston  : 2007 - 2013
  • M. Karlsen   Norvegiya  : 2013 - 2023
  • N.Abdusattorov🇺🇿Oʻzbekiston : 2023 - 2024
  • N.Abdusattarov 🇺🇿Oʻzbekiston: 2024 - .....

Adabiyotlar

  • Muhitdinov M., Oʻzbekistonda shaxmatchilik, T., 1961;
  • Muhitdinov M., Shaxmat — koni hikmat, T., 1994.

Pochta shaxmat

Bu shaxmatning bir turi bo'lib, raqiblar uzoq joylarda bo'lib, harakatlar elektron pochta orqali (ilgari xat orqali) uzatiladi. Javob vaqti kunlar bilan o'lchanadi va o'yinni bajarish uchun oylar yoki yillar kerak bo'lishi mumkin.

1951-yilda tashkil etilqan Xalqaro pochta shaxmat federatsiyasi (ICCF) o'zining Olimpiya va jahon chempionatlarini shu uslub bilan tashkil quiladi.

Pochta shaxmat bo'yicha jahon chempionati

# Yillar Chempion Millati
01. 1950-1953 Cecil Purdy   Avstraliya
02. 1956-1959 Viacheslav Ragozin   Rossiya
03. 1959-1962 Alberic O'Kelly   Belgiya
04. 1962-1965 Vladimir Zagorovsky   Rossiya
05. 1965-1968 Hans Berliner   AQSH
06. 1968-1971 Horst Rittner   Germaniya
07. 1972-1976 Yacob Estrin   Rossiya
08. 1975-1980 Jorn Sloth   Daniya
09. 1977-1983 Tonu Oim   Estoniya
10. 1978-1984 Vytas Palciauskas   AQSH
11. 1983-1989 Fritz Baumbach   Germaniya
12. 1984-1991 Grigory Sanakoev   Rossiya
13. 1989-1998 Mikhail Umansky   Rossiya
14. 1994-2000 Tonu Oim   Estoniya
15. 1996-2002 Gert Timmernan   Niderlandiya
16. 1999-2004 Tunc Hamarat   Avstriya
17. 2002-2007 Ivar Bern   Norvegiya }
18. 2003-2005 Joop van Oosterom   Niderlandiya
19. 2004-2007 Christophe Leotard   Fransiya
20. 2004-2011 Pertti Lehikoinen   Finlandiya
21. 2005-2008 Joop van Oosterom   Niderlandiya
22. 2007-2010 Aleksandr Dronov   Rossiya
23. 2007-2010 Ulrich Stephan   Germaniya
24. 2009-2011 Marjan Semri   Sloveniya
25. 2009-2013 Fabio Finocchiaro   Italiya
26. 2010-2014 Ron Langeveld   Niderlandiya
27. 2011-2014 Aleksandr Dronov   Rossiya
28. 2013-2016 Leonardo Ljubicic   Xorvatiya
29. 2015-2015 Aleksandr Dronov   Rossiya
30. 2017-2019 Andrey Kochemasov   Rossiya
31. 2019-2022 Fabian Stanach
Christian Muck
Ron Langeveld
  Polsha
  Avstriya
  Niderlandiya
32. 2020-2022 Jon Edwards   AQSH

Pochta shaxmat olimpiadasi

# Yillar Oltin medal Kumush medal Bronza medal
01. (Wayback Machine saytida 2022-12-14 sanasida arxivlangan) 1949-1952   Vengriya Chexoslovakiya   Shvetsiya
02. (Wayback Machine saytida 2022-09-22 sanasida arxivlangan) 1952-1955 Chexoslovakiya   Shvetsiya   Germaniya
03. (Wayback Machine saytida 2022-12-14 sanasida arxivlangan) 1958-1961 Sovet Ittifoqi   Vengriya Yugoslaviya
04. (Wayback Machine saytida 2022-09-21 sanasida arxivlangan) 1962-1964 Sovet Ittifoqi Demokratik Germaniya   Shvetsiya
05. (Wayback Machine saytida 2022-09-22 sanasida arxivlangan) 1965-1968 Chexoslovakiya Sovet Iffifoqi Federal Germaniya
06. (Wayback Machine saytida 2022-09-21 sanasida arxivlangan) 1968-1972 Sovet Ittifoqi Chexoslovakiya Demokratik Germaniya
07. (Wayback Machine saytida 2022-09-22 sanasida arxivlangan) 1972-1976 Sovet Ittifoqi   Bolgariya Britaniya
08. (Wayback Machine saytida 2022-09-21 sanasida arxivlangan) 1977-1982 Sovet Ittifoqi   Vengriya Britaniya
09. (Wayback Machine saytida 2022-12-14 sanasida arxivlangan) 1982-1987 Britaniya Federal Germaniya Sovet Ittifoqi
10. 1987-1995 Sovet Iffifoqi   Angliya Demokratik Germaniya
11. 1992-1999 Chexoslovakiya
  Germaniya
  Kanada
  Shotlandiya
12. 1998-2004   Germaniya   Litva   Latviya
13. 2004-2009   Germaniya   Chexiya   Polsha
14. 2002-2006   Germaniya   Litva   AQSH
15. 2006-2009   Norvegiya   Germaniya   Niderlandiya
16. 2010-2016   Chexiya   Germaniya   Fransiya
17. 2009-2012   Germaniya   Ispaniya   Italiya
18. 2012-2016   Germaniya   Sloveniya   Ispaniya
19. 2016-2021   Bolgariya   Germaniya   Chexiya
  Polsha
20. 2016-2019   Germaniya   Rossiya   Ispaniya
21. 2020-2023   Germaniya   Lyuksemburg   AQSH
Yuqori