| Serkan Çayoğlu | |
|---|---|
| Tavalludi | 1987-yil 31-may Germaniya |
| Fuqaroligi | Germaniya, Turkiya |
| Taʼlimi | Erlangen-Nyurnberg universiteti |
| Kasbi | Aktyor |
| Turmush oʻrtogʻi | |
Serkan Çayoğlu (1987-yil 31-mayda tugʻilgan) — Germaniyada tugʻilgan turk aktyori. U „Kiraz Mevsimi“ romantik komediyasi, „Börü“ harbiy seriali, „Bir Zamanlar Kıbrıs“ tarixiy seriali hamda „Halka“ va „Yeni Hayat“ nomli kriminal seriallardagi rollari bilan tanilgan. Çayoğlu turmush oʻrtogʻi Özge Gürel bilan birga „Börü“ va „Kiraz Mevsimi“ seriallarida rol ijro etgan.
Yoshlik davri va taʼlimi
Serkan Çayoğlu 1987-yil 31-mayda Germaniyada turk oilasida dunyoga kelgan. U Germaniyadagi Erlangen universitetining iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. Universitetda oʻqish bilan birga modellik bilan ham shugʻullana boshlagan.
Faoliyati
Aktyor boʻlish maqsadida Istanbulga kelgan Çayoğlu Ümit Çırakning „Zamonaviy aktyorlik texnikalari ustaxonasi“da Ümit Çırak va Dolunay Soysertdan aktyorlik saboqlarini olgan. U 2012-yilda oʻzining aktyorlik faoliyatini „Kuzey Güney“ serialining mavsum finalida Merve Boluğur qahramonining Italiyadan kelgan doʻsti rolini ijro etish bilan boshlagan. Shuningdek, 2013-yilda Hande Yenerning „Ya Ya Ya“ nomli klipida ham suratga tushgan. Çayoğlu „Kiraz Mevsimi“ serialidagi Ayaz roli bilan tanila boshladi.
2024-yilda Çayoğlu „Miray Yapım“ shirkati tomonidan suratga olingan „Mehmed: Fetihler Sultanı“ nomli turk tarixiy-badiiy serialida Mehmed II bosh rolini qoʻlga kiritdi. Serial katta shuhrat qozonib, koʻplab mukofotlarga, jumladan, 10-Anadolu Media Mukofotlari marosimida „Yil seriali“ sovriniga sazovor boʻldi.
Shaxsiy hayoti
2022-yil 13-avgust kuni Çayoğlu 2014-yildan beri birga boʻlgan sevgilisi Özge Gürel bilan Germaniyada turmush qurdi. Kam sonli mehmonlar ishtirokidagi nikoh marosimida oila aʼzolari va yaqin doʻstlari qatnashdi.
- 31-mayda tugʻilganlar
- 1987-yilda tugʻilganlar
- Germaniyada tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Turkiyalik erkak televizion aktyorlar
- Turk erkak kino aktyorlari