Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Serbiya milliy bayrogʻi (shuningdek, Uchrangli bayroq ham deyiladi; serbcha: Državna zastava) – Serbiya Respublikasining davlat ramzlaridan biri. Ushbu bayroq X

Serbiya bayrogʻi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Serbiya bayrogʻi
serbcha: Državna zastava
Subyekt Serbiya
Tasdiqlangan sanasi 1882 (143 yil avval) (1882)
Mutanosibligi 2:3
Dizayni qizil, koʻk va oq ranglarni aks ettirgan gorizontal trikolor
Boshqa variatsiyalari
Mutanosibligi 2:3

Serbiya milliy bayrogʻi (shuningdek, Uchrangli bayroq ham deyiladi; serbcha: Državna zastava) – Serbiya Respublikasining davlat ramzlaridan biri. Ushbu bayroq XIX asrdan buyon Serbiya davlati va serb millatining bayrogʻi sifatida ishlatilib kelinmoqda. Bayroqning hozirgi shakli 2004-yilda qabul qilinib, 2010-yilda biroz oʻzgartirilgan.

Bayroq dizayni

Bayroqdagi toʻliq ranglar va belgilar Vizantiya bayrogʻidan olingan.

Tarixi

Serbiya knyazligi
1835–1882
Serbiya qirolligi
1882–1918
Serbiya milliy muvaqqat hukumati
1941–1944
Serbiya sotsialistik Respublikasi
1945–1992
Serbiya Respublikasi
1992–2004
Serbiya Respublikasi
2004–2010}}
Serbiya Respublikasi
2010–hozirgacha

Protokol

Davlat bayrogʻi

Davlat binolarining kirish joylarida doimiy ravishda davlat bayrogʻi hilpirab turadi. Voyvodina, Kosovo va Metoxiya provinsiyalarining muassasalari bayroqni faqat milliy bayramlarda oʻrnatishadi. Shuningdek, u Serbiya uchun muhim voqealarni nishonlaydigan bayramlar va boshqa tantanali tadbirlar paytida va boshqa holatlarda oʻrnatiladi. Motam paytida esa, bayroq ustunning yarim qismiga tushiriladi. Saylov paytida har bir saylov uchastkalarda bayroq oʻrnatilgan boʻlishi shart.

Fuqarolik bayrogʻi

Serbiyaning fuqarolik bayrogʻi doimiy ravishda Milliy assambleya, viloyat organlari va davlat xizmatlari markazlarining kirish qismida hilpirab turadi.

Bayroqqa hurmat

Davlat bayrogʻi ham, fuqarolik bayrogʻi ham yerga tegib turishi mumkin emas. .

Yomon ob-havo sharoitida bayroq koʻtarilmaydi. Kechki payti esa, bayroq atrofi chiroqlar bilan yoritiladi.

Galereya

Yuqori