Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Satya Nadella (telugu alifbosida: సత్యనారాయణ నాదెళ్ల; 1967-yil 19-avgustda tugʻilgan) — Amerikalik asli kelib chiqishi hindistonlik boʻlgan top menejer. 2014-yi

Satya Nadella

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Satya Nadella
సత్యనారాయణ నాదెళ్ల
Tavalludi 1967-yil 19-avgust (1967-08-19) (58 yosh)
Haydarobod, Andhra Pradesh, Hindiston
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSH
Turmush oʻrtogʻi Anupama Nadella (1992-yilda uylangan)
Bolalari 3 ta
Otasi Bukkapuram Nadella Yugandhar
Veb-sayti https://news.microsoft.com/exec/satya-nadella/
Imzosi

Satya Nadella (telugu alifbosida: సత్యనారాయణ నాదెళ్ల; 1967-yil 19-avgustda tugʻilgan) — Amerikalik asli kelib chiqishi hindistonlik boʻlgan top menejer. 2014-yil 4-fevraldan Microsoft bosh direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Tarjimai holi

Satya Nadella 1967-yilda Hindistonning Haydarobod shahrida tugʻilgan. Haydarobod davlat maktabi (Hyderabad Public School)ni tamomlagandan keyin u Mangalor universitetiga oʻqishga kiradi va u yerda elektr muhandisi ilmiy darajasini oladi. Amera Qoʻshma Shtatlariga kelgach u Viskonsin-Miluoki universitetida axborot texnologiyalari boʻyicha magistraturada hamda Chikago universiteti qoshidagi But nomli biznes maktabi (Chicago Booth School of Business)da tahsil oladi.

1992-yilda Microsoftga kirishdan oldin Satya Nadella Sun Microsystems kompaniyasida ishlagan.

Microsoft korporatsiyasida Nadella onlayn xizmatlar koʻrsatuvchi R&D boʻlimiga vitse prezident etib tayinlanadi, keyinchalik biznes boʻlimi va „bulutli“ xizmatlar rahbari boʻldi. 2014-yil 4-fevralda Satya Nadella Stiven Ballmer oʻrniga Microsoft bosh direktori etib tayinlandi.

2017-yil 26-sentyabrda Satya Nadellaning „Hit Refresh“ nomli avtobiografik kitobi chiqdi.

Yuqori