Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

„Sarob“ — oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qahhor qalamiga mansub roman. Qahhor romanni 23-yoshida, yaʼni 1930-yil yoza boshlagan, 1934-yilda tamomlagan. Romanda 1930-

Sarob (roman)

„Sarob“ — oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qahhor qalamiga mansub roman. Qahhor romanni 23-yoshida, yaʼni 1930-yil yoza boshlagan, 1934-yilda tamomlagan. Romanda 1930-yillarning ilk yarmida sodir boʻlgan hodisalar tasvirlangan boʻlib, asar kommunistik gʻoyalarga yoʻgʻrilgan. Ayrimlar ushbu asarni psixologik roman deya tasvirlagan.

Sarob
Muallif(lar) Abdulla Qahhor
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1934

„Sarob“ romani uchun Qahhor Oʻzbekiston SSR tuzilganining 10 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan adabiy tanlov da ikkinchi mukofotni qoʻlga kiritgan. Roman hozirgacha adabiyotshunoslar tomonidan oʻrganib kelinadi. Roman shu kungacha bir necha marta nashr qilingan. Jumladan, kommunistik gʻoyalarni targʻib qilishiga qaramay, mustaqil Oʻzbekistonda 1994-yil Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etilgan.

Yuqori