Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Sariosiyo — Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatidagi shaharcha. Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi mavjud — Sariosiyo (7 km). Aholisi 14,3 ming

Sariosiyo (shaharcha)

Sariosiyo
shahar
38°24′48″N 67°57′26″E / 38.41333°N 67.95722°E / 38.41333; 67.95722
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
tuman Sariosiyo tumani
Aholisi
14 300
Vaqt mintaqasi UTC+5
Sariosiyo xaritada

Sariosiyo — Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatidagi shaharcha. Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi mavjud — Sariosiyo (7 km). Aholisi 14,3 ming kishini tashkil etadi (2000). Xoʻjaliklari va aholisi Toʻpolondaryodan suv oladi. Shaharcha yonida Toʻpolon suv ombori bor. Mahalliy toponimistlarning fikricha, tuman nomi "cap—bosh va osiyo — tegirmon, yaʼni "tegirmon boshi" maʼnosini anglatadi. S.da sanoat, transport, aloqa korxonalari, dehqon bozori, savdo madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.

Parrandachilik korxonasi ishlab turibdi. Umumiy taʼlim maktablari, kollej, maxsus internat maktab, madaniyat uylari, stadion, kasalxona, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Bundan tashqari Sharg'un toshko'mir koni ham mavjud.

Yuqori