![]() | Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/Saqqo Buxoriy. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „Saqqo Buxoriy“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • Buxoriy qaydlar • oʻchirish |
| Saqqo Buxoriy | |
|---|---|
| Tavalludi | Bahrom darvesh Buxoro |
| Vafoti | hij. 970-yil (mil. 1562/1563-yil) Gʻoʻr viloyati |
| Kasbi | Shoir, meshkoblik |
Saqqo Buxoriy (taxallusi; asl ismi Bahrom darvesh; XVI asrda yashagan) – buxorolik shoir.
Hayoti
Saqqo Buxoriy XVI asrda Buxoro shahrida yashagan. U asosan meshkoblik (suv tashuvchilik) bilan shugʻullangan. Shu bilan birga, sheʼriyat bilan ham faol ravishda mashgʻul boʻlgan. Uning asl ismi Bahrom Darvesh boʻlib, „Saqqo“ adabiy taxallusi sifatida qoʻllangan; bu taxallus uning kasbini ifodalagan.
Manbalarga koʻra, u Shoh Qosim Anvorga payrovlik qilgan. Umri boʻyi saqqolik–meshkoblik qilib, faqirlikda oʻtkazgan. Bir muddat Hindistonda (tax. 2 yil) yashagan. Sarandobga qilgan safar chogʻida Gʻoʻr viloyatida vafot etgan. Uning vafoti hijriy 970-yil (milodiy 1562–1563-yillar)ga toʻgʻri keladi. Qabri ham aynan shu hududda joylashgan. Shoir hayoti haqida maʼlumotlar Abdiy Geleniy va Fathiy tomonidan yozilgan tarixiy manbalarda uchraydi.
Faoliyati
Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Saqqo Buxoriy sheʼriy devon tuzgan. Ushbu devon Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharq qoʻlyozmalari xazinasida 2265 va 976 inventar raqamlari ostida saqlanmoqda. Adabiyotshunos M. Ahmadov ilk bor bu devondan 15 gʻazal, 3 qitʼa, 6 ta tarix va 6 ruboiyni jamlagan, jami 290 satrdan iborat parchani „Gulshani adab“ majmuasining 4-jildida, 1977-yilda eʼlon qilgan.
Ahmadov bergan maʼlumotlarga koʻra, Saqqo Buxoriyning poetik merosi qariyb toʻrt ming baytdan (sakkiz ming misra) iborat boʻlib, u gʻazal, qitʼa, tarix va ruboiy janrlarini qamrab oladi. Shoir, asosan, tojik tilida ijod qilgan. Yuqoridagi manbalarga asoslanib, oʻzbek shoiri Samandar Vohidov uning besh gʻazalini oʻzbek tiliga tarjima qilgan; ushbu gʻazallar jami 35 baytni tashkil etadi.
| Tojikcha | Oʻzbekcha (Samandar Vohidov tarjimasi) |
|---|---|
Lola baromad zi bogʻ surhu safedu siyoh, | Lola bilan toʻldi bogʻ qizilu oqu qora, |
Adabiyotlar
- Safarov, Oxunjon. Buxoro adabiy harakatchiligi tarixining ayrim manzaralari. Buxoro, 2012 — 32-36-bet.
- Buxoro davlat universiteti ilmiy axboroti. Meshkobdan chiqqan shoir. BuxDU, 2007 — 40-43-bet.
- Alifbo boʻyicha shoirlar
