Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Sandiqtov tumani (qoz. Sandiqtau audani, ساندىقتاۋ اۋدانى) — Oqmoʻla viloyatining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. 1936-yili tashkil topgan. Maydoni 6,4 ming

Sandiqtov (tuman)

Sandiqtov tumani
Сандықтау ауданы
tuman
Tarkibida Oqmoʻla viloyati
Maʼmuriy markazi Balkashino
Asos solingan sanasi 1936-yil
Akim Suyindikov Qanat Oʻtizbayevich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013) 20 165
Zichligi 3,1 kishi./km²
Millatlar tarkibi Ruslar - 56,33%
Qozoqlar - 19,58%
Olmonlar - 7,20%
Chechenlar - 6,48%
Ukrainlar - 4,00%
Beloruslar - 1,89%
boshqalar - 4,52%
Dinlar tarkibi xristianlar, musulmonlar
Maydoni 6 400 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7
Pochta indeksi 021400-021428
Avtomobil raqami kodi C, 03
Xaritada
Sandiqtov tumani xaritada
52°30′0″N 68°45′0″E / 52.50000°N 68.75000°E / 52.50000; 68.75000

Sandiqtov tumani (qoz. Sandiqtau audani, ساندىقتاۋ اۋدانى) — Oqmoʻla viloyatining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. 1936-yili tashkil topgan. Maydoni 6,4 ming km². Aholisi 20,165 kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 3,1 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Balkashino qishlogʻi.

Aholisi

Aholisi 20,1 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 3,1 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil)

  • ruslar — 12 585 kishi (56,33 %)
  • qozoqlar — 4 375 kishi (19,58 %)
  • olmonlar — 1 609 kishi (7,20 %)
  • chechenlar — 1 448 kishi (6,48 %)
  • ukrainlar — 894 kishi (4,00 %)
  • beloruslar — 423 kishi (1,89 %)
  • tatarlar — 129 kishi (0,58 %)
  • ingushlar — 164 kishi (0,73 %)
  • ozarbayjonlar — 63 kishi (0,28 %)
  • udmurtlar — 60 kishi (0,27 %)
  • boshqalari — 591 kishi (2,65 %)
  • Umumiy — 22 341 kishi (100,00 %)

Iqlimi

Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq va uzoq boʻladi, yozi issiq va sernam. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 18 °C. Iyulniki 19 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 350 — 400. mm.

Ijtimoiy soha

Tumanda 39 ta maktab, madaniyat uyi, 23 ta klub, tuman kasalxonasi, 9 ta oilaviy-shifokorlik ambulatoriya, 31 ta feldsh.-akusherlik punkt aholiga xizmat koʻrsatmoqda.

Katta qishloqlari

  • Balkashino qishlogʻi
  • Kamenka qishlogʻi
  • Sandiqtov qishlogʻi
  • Maksimovka qishlogʻi
  • Veseloe qishlogʻi
Yuqori