| Saidjamshid Jafarov | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | erkak |
| Fuqaroligi | |
| Tavallud sanasi | 1999-yil 16-yanvar Buxoro, Buxoro viloyati |
| Boʻyi | 179 sm |
| Vazni | 71, oʻrtacha (75 kg) |
| Mukofotlar | |
| Sport | |
| Qaysi sport | Boks |
| Murabbiy(lar)i | Hamza Avezov, Ravshan Xodjayev |
| Medal soni | ||
|---|---|---|
| Boks | ||
| Jahon chempionati | ||
| Kumush | Toshkent-2023 | 71 kg gacha |
| Osiyo chempionati | ||
| Oltin | Dubay-2021 | 75 kg gacha |
| Oltin | Amman-2022 | 75 kg gacha |
Saidjamshid Jafarov (1999-yil 16-yanvar, Buxoro, Buxoro viloyati) – oʻzbekistonlik bokschi. Boks boʻyicha oʻrta vazn toifasida xalqaro turnirlarda qatnashmoqda. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, jahon chempionati kumush medali sovrindori (Toshkent-2023), ikki karra Osiyo chempioni (2021—2022-yillar), ikki karra Oʻzbekiston chempioni (2020—2021-yillar), xalqaro va milliy havaskorlar turnirlarining koʻp karra gʻolibi va sovrindori.
Hayoti
Saidjamshid Jafarov 1999-yil 16-yanvarda Buxoroda tavallud topgan. Murabbiylari Hamza Avezov va Ravshan Xodjayev. Buxoro boks maktabida tahsil olgan va Buxoro Olimpiya zaxiralari kollejini tamomlagan. Buxoro davlat universitetining jismoniy madaniyat fakulteti talabasi va boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021-yil 30-iyun yoshlar kunida „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.
Havaskor natijalari
2020—2021-yillar
2020-yil noyabr oyida boks boʻyicha 75 kg vazn toifasida finalda tajribali Odiljon Obidovich Aslonovni magʻlub etib, Oʻzbekiston chempioni boʻldi.
Boks boʻyicha 2021-yil may oyida Dubayda (BAA) 75 kg vazn toifasida Boks boʻyicha 2021-yilgi Osiyo chempionati gʻolib boʻldi.Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan bahsda Abilxon Bekmuratovich Amanqulni bahsli tarzda magʻlub etdi.
2021-yil noyabr oyi boshida Belgradda (Serbiya) Boks boʻyicha jahon chempionatida 75 kg gacha vazn toifasida ishtirok etdi. Saidjamshid Jafarov Boks boʻyicha 2021-yilgi jahon chempionatida 75 kg gacha vazn toifasida musobaqaning 1/32 finalida slovakiyalik Lukas Fernecni ochkolar boʻyicha (5:0) magʻlub etdi va 1-musobaqaning 16 finalida ochkolar boʻyicha (5:0) yaponiyalik Yuito Morivakiga magʻlub boʻldi. 1/8 finalda ochkolar boʻyicha (5:0) ozarbayjonlik Mirsharif Kazimzadeni magʻlub etdi. Ammo Saidjamshid Jafarov chorak finalda ochkolar boʻyicha bahsda (2:3) bilan tailandlik Weerapon Jongjohoga yutqazdi.
2021-yilning dekabr oyida Saidjamshid Jafarov 75 kg vazn toifasida finalda Abdulaziz Abdupattayevni magʻlub etib, yana Oʻzbekiston chempioni boʻldi.
2021-yil Belgradda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 75 kg vazn toifasida Saidjamshid Jafarov Slovakiyalik Fernezaga qarshi ringga chiqdi va raqibi ustidan gʻalaba qozondi.
2022—2023-yillar
2022-yil noyabr oyida boks boʻyicha Osiyo chempioni Amman (Iordaniya)da 75 kg vazn toifasida tajribali Qozogʻistonlik Rayssni magʻlub etidi.
2022-yil 12-noyabr kuni Boks boʻyicha Osiyo chempionati boʻyicha final janglarda 75 kg vazn toifasida bokschimiz Saidjamshid Jafarov oltin medalni qoʻlga kiritdi.
2022-yil dekabr oyida 75 kilogram vazn bilan Saijmshid Jafarov Osiyo chempionati finalida Qozogʻistonlik Nurkanat Rayisga qarshi jangda raqibini magʻlub etib gʻalabaga qozondi va ikki karra Osiyo chempioniga aylandi.
2022-yil 11-dekabr Abu-Dabi (BAA)da, III Global Boks Forumi yakunida Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi IBA Chempionlar kechasi turnirida, 2021-yilgi jahon chempioni kubalik bokschi Hernandez Yoenlisga 5 raundlik jangda boʻlinish qarori bilan magʻlub boʻldi.
2022-yil Iordaniyada oʻtkazilgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida Saidjamshid Jafarov 75 kg vazn bilan Tojikistonlik Abdumalik Boltaev bilan ringga chiqdi va 5:0 hisobida raqibi ustidan gʻalaba qozondi.
2023-yil fevral oyida boks boʻyicha Sofiyada boʻlib oʻtgan vakillik xalqaro Stranja Cupda 71 kg gacha vazn toifasida gʻolib boʻldi va yarim finalda armaniyalik Daniya Nikolay Terteryanni magʻlub etdi.Finalda esa tajribali turk Tugrulxon Erdemir ustidan gʻalaba qozondi.
2023-yil 5-fevralda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 75 kg vazn bilan Saidjamshid Jafarov Mozambilik raqibini magʻlub etdi.
2023-yil Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionatidagi final bahsda Saidjamshid Jafarov Qozogʻistonlik Aslanbek Shimbergenovga magʻlub boʻlib kumush medalni qoʻlga kiritdi.
2023-yil 12-may kuni Toshkent mezbonligidagi jahon chempionatida Saidjamshid Jafarov −71 kg bilan Braziliyalik Vanderson De-Oliveyraga qarshi bahsning yarim finalida jang qildi va 4:1 hisobida raqibini magʻlub etdi.
2023-yil Toshkentda erkaklar oʻrtasidagi jahon chempionatida Saidjamshid Jafarov −71 kg vazn bilan Meksikalik Alonso Verdega bahsga tushdi va 4:1 hisobida raqibini magʻlub etib gʻalabaga qozondi.
2023-yil boks boʻyicha Rossiyaning Kaspiysk shahrida Magomed-Salam Umaxanov xotirasiga boks boʻyicha boʻlib oʻtgan jangda Buxorolik bokschimiz Saidjamshid Jafarov −75 kg vazn bilan Rossiyalik Ramazan Saaduevga qarshi jangda raqibini magʻlub etib gʻalabaga qozondi va kumush medal bilan taqdirlandi.
2023-yil Toshkentda bosk boʻyicha boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Saidjamshid Jafarov Rossiyalik Igor Sviridchenkovni −71 kg vazn toifasida magʻlub etib gʻalaba qozondi.
2023-yil may oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yana bir bor Buxorolik bokischimiz Saidjamshid Jafarov −71 kg vaznda Mozambiklik Osorio Muhanga ustidan gʻalaba qozonib chempionatning keyingi bosqichiga yoʻl oladi.
Unvon va mukofotlari
- „Kelajak bunyodkori“ medali
- 16-yanvarda tugʻilganlar
- 1999-yilda tugʻilganlar
- Buxoroda tugʻilganlar
- Shuhrat medali sohiblari
- Kelajak bunyodkori medali sohiblari
- Boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionlari
- Boks boʻyicha Osiyo Chempionlari
- 21-asrda Oʻzbekistonlik erkak sportchilari