| Roman Skornyakov | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | Erkak |
| Tavallud sanasi | 1976-yil 17-fevral Yekaterinburg, RSFSR |
| Sport | |
| Qaysi sport | figurali uchish |
Roman Skornyakov (1976-yil 17-fevralda tugʻilgan, Sverdlovsk, RSFSR, SSSR) — oʻzbekistonlik va russiyalik figurachi. U 1996-yilgacha yakkalik holatdagi figurali uchishda Rossiya bayrogʻini, keyinchalik Oʻzbekiston bayrogʻini himoya qilgan. Roman Skornyakov 1997-2003-yillarda — Oʻzbekiston milliy chempioni boʻlgan. 1998-2002-yillarda Qishki Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston milliy termasida ishtirok etib, ikki marotaba 19-oʻrinni egallaydi. U 2000-2002-yillarda toʻrt qit’a chempionatida 7-oʻrinni qoʻlga kiritadi.
Tarjimai hol
Roman Skornyakov 4 yasharidan buyon “Yunost” (Yoshlik) sport maktabida Igor Ksenofontov va Marina Voysexovskiylar bilan figurali uchish boʻyicha shugʻullanib kelgan. U olimpiya zahiralar maktabini tamomlagan. 1995-1996-yillarda Rossiyaning ikkita chempionatida ishtirok etib, ikkinchi oʻntalikdan joy olgan. Shundan keyin u 1997-2002-yillarda yakkalik holatdagi erkaklar figurali uchish boʻyicha doimiy mamlakat chempioni sifatida 7 yil mobaynida Oʻzbekiston bayrogʻini himoya qilgan.Shu bilan bir qatorda Oʻzbekistonda sport anjomlari yetarli boʻlmaganligi sababli Skornyakov Yekaterinburgda mashgʻulotlarini davom ettiradi, lekin 1998-yildan AQSHdagi Deyl-Sitiga koʻchib oʻtadi.
U Oʻzbekiston uchun figurali uchish boʻyicha eng yirik jahon musobaqalarida: yetti bor jahon chempionatida, ikki marotaba Nagano va Solt-Leyk-Sitida oʻtkazilgan qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Mazkur musobaqalarda u eng kuchli yigirmata sportchilar qatoridan oʻrin egalladi. Sornyakovning eng katta muvaffaqiyatlaridan biri — 1999-yilda Kanvondoda boʻlib oʻtgan Qishki Osiyo oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritishi boʻldi.
U 2000-yilning yanvar oyida kelib chiqishi asli rossiyalik boʻlgan oʻzbek figurali uchuvchisi, Oʻzbekiston chempioni va toʻrt qit’a chempionati gʻolibi Tatyana Malinina bilan oila qurdi. Oradan vaqt oʻtib 2004-yilda bu juftlikdan Ilya ismli oʻgʻil farzand dunyoga keladi, 2017-yilda esa AQSH chempionatida oʻz yosh toifasida eng yaxshisi sanalgan. Soʻng Skornyakov 2022-yilda jahon chempionatida ilk bor ishtirok etgan.
Sport faoliyatining soʻnggida ikki juftlikning murabbiyi hisoblangan Igor Ksenofontov vafotidan keyin Skornyakov va Malinina birga figurali uchish boʻyicha shugʻullanishgan.
Ayni kunda Roman Skornyakov Virjiniya shtatidagi Deyl-Sitida murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.
Sport yutuqlari
| Xalqaro | |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Musobaqalar/mavsum | 94-95 | 95-96 | 96-97 | 97-98 | 98-99 | 99-00 | 00-01 | 01-02 | 02-03 |
| Qishki Olimpiya oʻyinlari | 19 | 19 | |||||||
| Jahon chempionati | 20 | 14 | 21 | 17 | 20 | 19 | 20 | ||
| Toʻrt qit'a chempionati | 9 | 7 | 12 | 7 | |||||
| GP Lalique | 7 | ||||||||
| GP NHK Trophy | 12 | 8 | 4 | 10 | 7 | ||||
| GP Sparkassen | 7 | 11 | |||||||
| Golden Spin of Zagreb | 6 | ||||||||
| Skate Israel | 5 | 9 | |||||||
| Osiyo oʻyinlari | 2 | ||||||||
| Osiyo kubogi | 7 | 2 | |||||||
| Milliy | |||||||||
| Oʻzbekiston | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | ||
| Rossiya | 16 | 11 | |||||||
| GP = Chempionlar seriyasi / Gran-pri | |||||||||
- 17-fevralda tugʻilganlar
- 1976-yilda tugʻilganlar
- Yekaterinburgda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekiston qishki sport turlari sportchilar