Rikardu Albertu Silveyra Karvalyu (portugalcha: Ricardo Alberto Silveira Carvalho; 1978-yil 18-mayda tugʻilgan) – Portugaliyalik sobiq professional futbolchi, himoyachi ampulasida oʻynagan.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Ricardo Alberto Silveira Carvalho | ||
| Tavallud sanasi | 1978-yil 18-may | ||
| Tavallud joyi | Amarante, Portugaliya, | ||
| Boʻyi | 182 sm | ||
| Ampluasi | himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | | ||
| Raqami | 16 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1997—1998 | Leka | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1999—2004 2004—2010 2010 – h. | Portu Chelsea Real Madrid | (73 (3) 135 (7) 37 (3)) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2002—2011 | Portugaliya | (75 (4)) | |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Faoliyati
Rikardu oʻzining faoliyatini „Leka“da boshladi. „Portu“ safiga qoʻshilishi bilan uni „Vitoriyu Setubal“ va keyin „Alverka“ jamoalariga ijaraga berildi.
„Portu“ jamoasi faxriysi himoyachi Jorje Koshta „Charlton“ga ijara berib yuborilgandan soʻng, Karvalyu oʻzining mahoratini koʻrsatish uchun imkon tugʻildi. Rikarduga omad kulib boqdi, u xalqaro miqyosda yaxshi himoyachi ekanligi tan olindi. U Chempionlar ligasi oʻyinlarida muntazam qatnashdi. Soʻnggi mavsumda u Yevro-2004 musobaqasida Gretsiya bilan boʻlgan magʻlubiyatli oʻyindan soʻng, Portugaliya terma jamoasida oʻynab yurgan Fernando Koutuning oʻrnini egalladi.
Joze Mourinyo Chelsea murabbiyi boʻlishi bilan Karvalyuni oʻz jamoasiga chaqirib oldi. Jamoaga markaziy himoyachi juda muhim edi, yangi murabbiy esa oʻzining eng ishonchli himoyachisini olishni maʼqul koʻrdi.
Portu koʻplab yutuqlar va kuboklarni qoʻlgan kiritgan oxirgi omadli ikki yilida asosiy oʻyinchisi aylanib boʻlgan Rikardu, Chelseaga oʻtgandan soʻng, Marsel Desayining oʻrniga maydonga tusha boshladi. Dunyoning grand jamoalari qiziqayotgan futbolchini oʻz safiga qoʻshib olgan „Chelsea“ ham bundan xursand edi.
Bu markaziy himoyachi nafaqat oyoqda faol harakat qiladi, balki boshda ham yaxshi oʻynay oladi. Rikarduning terma jamoa safida Yevro-2004dagi ajoyib oʻyinlari, uning UEFA tomonidan tuzilgan ramziy terma jamoa safiga kirishiga ham sabab boʻldi.
2010-yil 10-avgustda futbolchi Real Madrid bilan ikki yillik shartnoma tuzdi. Transfer miqdori 9 mln. yevroga teng boʻldi.
2011-yil 31-avgustda Portugaliya termasida boshqa oʻynamasligini eʼlon qildi. Bunga sabab unga nisbatan hurmatsizlik qilishganligi bilan izohladi.
Shaxsiy hayoti
Rikardu Karina ismlik portugal qizga uylagan. Ularning bir oʻgil va bir qizlari bor. Ularning ismlari Rodrigo va Rachel.
Ishtirok etish statistikasi
20 noyabr 2011 yil holatiga.
Jamoa
| Jamoa | Chempionat | Mavsum | Liga | Kubok | Liga kubogi | Yevrokubok | Boshqa | Jami | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | |||
| Leka | Portugaliya chempionati | 1997-98 | 22 | 1 | 2 | 0 | - | - | - | 24 | 1 | |||
| Jami | 22 | 1 | 2 | 0 | - | - | - | 24 | 1 | |||||
| Portu | Portugaliya chempionati | 1998-99 | 1 | 0 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | |
| Jami | 1 | 0 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | |||
| Vitoriya (ijara) | Portugaliya | 1999-00 | 25 | 2 | 2 | 0 | - | - | - | 27 | 2 | |||
| Jami | 25 | 2 | 2 | 0 | - | - | - | 27 | 2 | |||||
| Alverka (ijara) | Portugaliya | 2000-01 | 29 | 1 | 3 | 0 | - | - | - | 32 | 1 | |||
| Jami | 29 | 1 | 3 | 0 | - | - | - | 32 | 1 | |||||
| Portu | Portugaliya | 2001-02 | 25 | 0 | 2 | 0 | - | 10 | 0 | - | 37 | 0 | ||
| 2002-03 | 18 | 1 | 6 | 0 | - | 7 | 0 | 1 | 0 | 32 | 1 | |||
| 2003-04 | 29 | 2 | 3 | 0 | - | 13 | 1 | 1 | 0 | 46 | 3 | |||
| Jami | 72 | 3 | 11 | 0 | - | 30 | 1 | 2 | 0 | 115 | 4 | |||
| Chelsea | Angliya | 2004-05 | 25 | 1 | 1 | 0 | 3 | 0 | 10 | 0 | - | 39 | 1 | |
| 2005-06 | 24 | 1 | 3 | 0 | 0 | 0 | 8 | 2 | 0 | 0 | 35 | 3 | ||
| 2006-07 | 31 | 3 | 5 | 1 | 4 | 0 | 10 | 0 | 1 | 0 | 51 | 4 | ||
| 2007-08 | 21 | 1 | 2 | 0 | 4 | 0 | 10 | 0 | 1 | 0 | 38 | 1 | ||
| 2008-09 | 12 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | - | 18 | 1 | |||
| 2009-10 | 22 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | 1 | 1 | 29 | 1 | ||
| Jami | 135 | 7 | 14 | 1 | 11 | 0 | 47 | 2 | 3 | 1 | 210 | 11 | ||
| Real Madrid | La Liga | 2010-11 | 33 | 3 | 6 | 0 | - | 9 | 0 | - | 48 | 3 | ||
| 2011-12 | 4 | 0 | 0 | 0 | - | 2 | 0 | 2 | 0 | 8 | 0 | |||
| Jami | 37 | 3 | 6 | 0 | 0 | 0 | 11 | 0 | 2 | 0 | 56 | 3 | ||
| Faoliyati boʻyicha umumiy | 321 | 17 | 38 | 1 | 11 | 0 | 88 | 3 | 7 | 1 | 465 | 22 | ||
| Oʻzgarish: 20 noyabr 2011 | ||||||||||||||
Terma jamoa
| T. J. | Yillar | Oʻyinlar | Gollar |
|---|---|---|---|
| Portugaliya | 2003 | 1 | 0 |
| 2004 | 14 | 0 | |
| 2005 | 7 | 1 | |
| 2006 | 13 | 2 | |
| 2007 | 5 | 1 | |
| 2008 | 9 | 0 | |
| 2009 | 11 | 0 | |
| 2010 | 12 | 0 | |
| 2011 | 2 | 0 | |
| Jami | 74 | 4 | |
| Oxirgi oʻzgarish: 20 noyabr 2011 | |||
Erishgan natijalari
Portu
- Portugaliya chempioni(3): 1998/99, 2002/03, 2003/04
- Portugaliya kubogi: 2003
- Portugaliya Superkubogi (3): 1998, 2003, 2004
- UEFA Kubogi: 2003
- UEFA Chempionlar Ligasi chempioni: 2004
Chelsea
- Premyer liga chempioni (3): 2004/05, 2005/06, 2009/10
- Angliya kubogi (3): 2007, 2009, 2010
- Futbol ligasi kubogi (2): 2005, 2007
- Angliya Superkubogi (2): 2005, 2009
Real Madrid
- Ispaniya kubogi: 2011
- Ispaniya chempioni: 2011/12
Portugaliya terma jamoasi
- Yevropa chempionati kumush medali: 2004
- Jahon Chempionatida toʻrtinchi oʻrin: 2006
Shaxsiy
- Portugaliya yil futbolchisi: 2002/03
- UEFA tanlovi boʻyicha eng yaxshi himoyachi: 2003/04
- UEFA tanlovi boʻyicha yil jamoasi: 2003/04
- Yevropa chempionati ramziy termasi: 2004
- Jahon Chempionati ramziy termasi: 2006
- Chelsea yil oʻyinchisi: 2007/08
