- Vikipediyada ismi Raʼno va familiyasi Odilovna boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shodiyeva Raʼno Odilovna | |
|---|---|
| Tavalludi | 1979-yil 12-avgust Samarqand, Oʻzbekiston |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Aktrisa |
| Faoliyat yillari | 1995-2018 |
| Mukofotlari | |
Raʼno Shodiyeva Odilovna (12-avgust 1979-yilda tugʻilgan) — oʻzbek kino aktrisasi. Hozir aktrisa „Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi“ qoshida tashkil etilgan „Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi“ rahbari sifatida faoliyat yuritadi.
Tarjimai holi
Shodiyeva Rano Odilovna 1979-yili Samarqand viloyati tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 2007-yil O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2016-yilda "O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti" pedagogi lavozimidan boshlagan. 2018-2022- yillarda “Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi” rahbari, 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Karlar Jamiyatida loyiha rahbari lavozimlarida ishlagan. 2023-yildan O‘zbekiston Karlar Jamiyatida Ishlab chiqarish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Mukofotlari
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” (2007y.), 1-darajali “Sog‘lom avlod uchun” (2023y.) unvonlari sohibasi.
Filmografiyasi
| Yil | Film | Rol | Izoh |
|---|---|---|---|
| 1998 | Shaytanat | Zaynab | Serial |
| 2006 | Vatan | Gunafsha | Videofilm |
| 2007 | Oʻtov | Zaynab, soqov qiz rolida | Bosh rol |
| 2009 | Tashlandiq | Shirin | Videofilm |
| 2010 | Oyijon | Tarjimon | Videofilm |
| 2011 | Qoʻrgʻoshin | Saodat | Videofilm |
| 2015 | Kuzda gullagan daraxt | Videofilm | |
| 2016 | Majnun | Videofilm | |
| Baron | Videofilm | ||
| 2017 | Isnod | Xurshida | Videofilm |
| 2018 | Berlin — Oqqoʻrgʻon | ||
| Skorpion | |||
- 12-avgustda tugʻilganlar
- 1979-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- Sogʻlom avlod uchun ordeni sohiblari
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik aktrisalar
- Alifbo boʻyicha aktrisalar
- Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bitiruvchilari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar