Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Rasin Jan (1639.21.12, FerteMilon — 1699.21.4, Parij) — fransuz dramaturgi, klassitsizmning yirik vakili. R. asosan, maishiy mavzuda psixologik tragediyalar yar

Rasin Jan

Rasin Jan (1639.21.12, FerteMilon — 1699.21.4, Parij) — fransuz dramaturgi, klassitsizmning yirik vakili. R. asosan, maishiy mavzuda psixologik tragediyalar yaratgan, asosiy person ajl ari qirol, gersog, graf va goʻzal xonimlar boʻlishiga qaramay, bu asarlarda 17-asrdagi siyosiygʻoyaviy qarashlar ifodalangan.

Rasin Jan
Tavalludi dekabr 1639
Vafoti 21-aprel 1699
Fuqaroligi Kingdom of France
Otasi Jean Racine
Onasi Jeanne Sconin

R. "Buyuk Iskandar" (1665), "Axdromaxa" (1667), "Britannik" (1669), "Berenika" (1670), "Boyazid" (1672), "Ifigeniya Avlidada" (1674), "Fedra" (1677), "Gofoliya" (1691) va boshqa tragediyalar yozgan. "Andromaxa" bilan fransuz teatri tarixida yangi saxifa ochilgan. Tragediyaning mazmuni yunon miflaridan olingan boʻlib, R. antik mazmunga yangicha maʼno bergan. Ishqiy hayajonlar zaminida axloqiy muammoni ilgari surgan. Markaziy figura Andromaxa R.ning gumanistik ilgʻor gʻoyalarini tashuvchi, zolimlikni fosh etuvchi obraz sifatida gavdalangan. Unga zolim Pirr qaramaqarshi qoʻyilgan. "Gafoliya" asarida xalqning zolimlarga qarshi qoʻzgʻoloni voqeasi yoritilgan. R. ijodining soʻnggi davrida "Diniy qoʻshiqlar" sheʼriy toʻplami (1694) va "PorRoyalning qisqa tarixi" asarlarini yozgan.

Yuqori