![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Raphaël Varane | ||
| Tavallud sanasi | 1993-yil 25-aprel | ||
| Tavallud joyi | Lill, Fransiya | ||
| Boʻyi | 1.91 m | ||
| Ampluasi | Markaziy himoyachi | ||
| Laqabi | "Don Limpio" (Janob toza oʻyin) | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2000–2002 | Hellemmes | ||
| 2002–2010 | Lens | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| – | Lens II | 9 | (0) |
| 2010–2011 | Lens | 23 | (2) |
| 2011–2021 | Real Madrid | 236 | (8) |
| 2021–2024 | Manchester United | 68 | (2) |
| 2024 | Como | 0 | (0) |
| Total | 337 | (12) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2010 | Fransiya U18 | 2 | (1) |
| 2012 | Fransiya U20 | 1 | (0) |
| 2011–2012 | Fransiya U21 | 13 | (3) |
| 2013–2022 | Fransiya | 93 | (5) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Rafael Varan (fransuzcha: Raphaël Varane; 25-aprel 1993, Lill, Fransiya) – fransiyalik sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. Raphaël oʻz avlodining eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan. Varan Fransiyaning „Lens“ klubining yoshlar jamoasida oʻynagan va 2010-11-yilgi mavsumdan kattalar jamoasi bilan mashgʻulotlarda ishtirok etgan va liganing bir nechta oʻyinlarida zaxira oʻrindigʻidan maydonga tushgan. Varan oʻzining professional debyutini 2010-yil 17 yoshida oʻtkazgan va professional futbolchi sifatida bir mavsumdan soʻng Ispaniyaning „Real Madrid“ jamoasi tarkibiga qoʻshilgan. Raphaël Madrid jamoasi tarkibida 2011-yildan 2021-yilgacha boʻlgan oʻn mavsum davomida oʻynagan. Bu davr muobaynida oʻn sakkizta sovrinni qoʻlga kiritgan, jumladan, uchta La Liga, bitta Qirollik Kubogi, toʻrtta UEFA Chempionlar Ligasi va toʻrtta FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati kabi yirik tunir sovrinlari mavjud. Varan 2021-yilda „Real Madrid“ klubini tark etib, „Manchester Yunayted“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Manchesterdagi uch yillik faoliyati davomida Angliya kubogi va Angliya liga kubogini qoʻlga kiritgan. Raphaël 2024-yilda Angliyani tark etib, A Seriyaning „Como“ jamoasiga erkin agent sifatida qoʻshilgan. 2024-yil sentyabrda Varane yangi klubi tarkibida atigi 23 daqiqa oʻynagach, tizzasidan jarohat oldi. Jaroxatinining jiddiyligi va qaytalanishining xavfi sabab professional futboldagi faoliyatini yakunlashini eʼlon qiligan va Como jamoasining roʻyxatidan chiqarilgan.
Varan Fransiyaning 18 yoshgacha, 20 yoshgacha va 21 yoshgacha terma jamoalari tarkibida oʻynagan. 2013-yil Fransiya terma jamoasining kattalar tarkibidagi debyut oʻyinini oʻtkazgan. Varane 2014-yil Fransiya terma jamoasi tarkibida FIFA Jahon chempionatida ishtirok etgan va turnir yakunida „Eng yaxshi yosh oʻyinchi“ mukofotiga nomzod boʻlgan. Futbol boʻyicha 2018-yilgi jahon chempionatida Fransiya tarkibida har bir oʻyinda ishtirok etgan va ykunda jahon chempioni unvoniga sazovor boʻlgan. Varane Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini 2023-yilda yakunlagan. Terma jamaoa safida 2013–2022-yillar davomida 93 oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan.
Jamoadagi faoliyati
Lans
2010-yil 6-noyabrda „Lans“ning asosiy jamoasiga „Monpelye“ jamoasiga qarshi oʻyinga chaqirildi. U hafta davomida jamoa bilan birgalikda mashgʻulot olib bordi va asosiy tarkibdagi markaziy himoyachi Allaydin Yaxya jarohat olganligi sababli Varan asosiy tarkibda maydonga tushdi. U oʻsha oʻyinda 90 daqiqa harakat qildi va jamoasi 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Keyingi ikki „Marsel“ va „Lil“ bilan boʻlgan uchrashuvlarda Varan boshqa yosh oʻyinchilar qatorida zahira oʻrindigʻida oʻtirishga majbur boʻldi.
Real Madrid

Uchta yarim himoyachi bilan shartnoma imzolagandan soʻng, „Real Madrid“ himoya chizigʻini ham kuchaytirish uchun yosh fransuz Rafael Varan bilan shartnoma imzoladi. 2011-yil 27-iyunda Varan „Real“ bilan 6-yillik shartnoma imzoladi.
2011/12 mavsum
Varan Ispaniya chempionatidagi debyutini „Rasing“ga qarshi kechgan oʻyinda nishonladi. U 90 daqiqa harakat qildi va oʻyin 0:0 hisobida tugadi. Keyingi „Rayo Valekano“ bilan boʻlgan oʻyinda ham Varan asosiy tarkibda maydonga tushib, 90 daqiqa harakat qildi va 67-daqiqada oʻzining „Real“ safidagi birinchi golini kiritdi. Oʻsha oʻyin 6:2 natijasi bilan „Real“ foydasiga hal boʻldi. Ispaniya chempionatida u jami 9 ta oʻyinda ishtirok etdi, 7 marta oʻyinni toʻliq oʻtkazdi va 2 marta oʻyinning oʻrtalarida oʻyinga tushdi. U birorta ham kartochka olmadi. Chempionlar ligasida Varan 4 ta oʻyinda ishtirok etdi: 3 tasi guruh bosqichida va 1 tasi yarim final oʻyinida. Ispaniya kubogida Rafael jami 2 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Terma jamoadagi faoliyati
Varan 17 yoshgacha Fransiya terma jamoasiga chaqirilgan, lekin u rasmiy oʻyinlarda ishtirok etmagan. 2010-yil 24-avgustda u 18 yoshgacha Fransiya terma jamoasi safida Daniyaga termasiga qarshi birinchi marta oʻyinga tushdi. U oʻzining debyut oʻyinida oʻz goli bilan jamoasiga yordam bera oldi. 2011-yil 3-fevralida u Fransiya yoshlar terma jamoasiga Slovakiya bilan boʻladigan oʻyin uchun tarkibga chaqirildi. U bu chaqiruvni oʻzi uchun katta syurpiz boʻldi deb izoh berib oʻtdi. U slovaklarga qarshi oʻyinda 90 daqiqa harakat qildi, oʻyinning soʻnggida fransuzlar 3:1 hisobida gʻalaba qozonishdi.
21 yoshgacha Yevropa chempionati
Varan 2013-yilda oʻtadigan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash bahslarida Latviya yoshlar terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda debyut qildi. Fransiya 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Xuddi shu hisob bilan Ruminiya yoshlar terma jamoasi ustidan gʻalaba erishdi. Shuningdek, Varan mehmonda oʻtgan Ruminiyaga qarshi kechgan uchrashuvda, Qozogʻiston yoshlar terma jamoasi bilan oʻtgan va Slovakiya yoshlar terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvlarda ishtirok etdi. Soʻnggi oʻyinda u gol urishga erishdi. Shundan soʻng, fransuzlar yana bir marta Latviya yoshlar termasini oʻz maydonlarida yana 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.
Birinchi terma jamoa
2012-yil 9-avgust kuni Varan Fransiya terma jamoasining Urugvay terma jamoasiga qarshi kechuvchi oʻyinida qatnashadigan oʻyinchilar roʻyxatiga birinchi marta qoʻshildi. Bosh murabbiy Didye Deshamp Varan bilan birgalikda klubdoshi Karim Benzemani ham oʻyin roʻyxatiga kiritgan edi.
Yutuqlar
Jamoada
- Ispaniya chempioni (1): 2011/12
- Ispaniya superkubogi sohibi (1): 2012
Statistika
2012-yil 5 may holatiga.
| Jamoa | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropkubok | Jami | ||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻ | G | TU | Oʻ | G | TU | Oʻ | G | TU | Oʻ | G | TU | ||
| 2010/11 | 23 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 24 | 2 | 0 | |
| "Lans"dagi jami | 23 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 24 | 2 | 0 | |
| 2011/12 | 9 | 1 | 0 | 2 | 1 | 0 | 4 | 0 | 1 | 15 | 2 | 1 | |
| "Real"dagi jami | 9 | 1 | 0 | 2 | 1 | 0 | 4 | 0 | 1 | 15 | 2 | 1 | |
| Faoliyatida jami | 32 | 3 | 0 | 3 | 1 | 0 | 4 | 0 | 1 | 39 | 4 | 1 | |
- 25-aprelda tugʻilganlar
- 1993-yilda tugʻilganlar
- Lillda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Fransiyalik erkak futbolchilar
- Erkak futbol himoyachilari
- Erkaklar futbol markaziy himoyachilari
- RC Lans klubi futbolchilari
- Real Madrid CF futbolchilari
- Manchester United F.K. oʻyinchilari
- Como 1907 futbolchilari
- Liga 1 futbolchilari
- La Liga oʻyinchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
- Futbol boʻyicha jahon chempionlari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari
