Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Raheem Shaquille Sterling (1994-yil 8-dekabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchisi, hujumkor qanot yarim himoyachi va vinger sifatida oʻynaydi.

Raheem Sterling

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Raheem Sterling
Sterling Angliya bilan 2018-yilgi jahon chempionatida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Raheem Shaquille Sterling
Tavallud sanasi 1994-yil 8-dekabr (1994-12-08) (31 yosh)
Tavallud joyi Kingston, Yamayka
Boʻyi 5 fut 7 inches (1.70 m)
Ampluasi Vinger, Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999-2003 Alpha & Omega
2003—2010 Queens Park Rangers
2010—2012 Liverpool
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2015 Liverpool 95 (18)
2015—2022 Manchester City 225 (91)
2022—2026 Chelsea 59 (14)
2024—2025 →  Arsenal 17 (0)
2026 Feyenoord 8 (0)
Milliy terma jamoa
2009—2010 Angliya U16 7 (1)
2010—2011 Angliya U17 13 (3)
2012 Angliya U19 1 (0)
2012—2013 Angliya U21 8 (3)
2012—2022 Angliya 82 (20)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-avgust uchun)

Raheem Shaquille Sterling (1994-yil 8-dekabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchisi, hujumkor qanot yarim himoyachi va vinger sifatida oʻynaydi.

Yoshlik yillari

Sterling 2016-yilda "Manchester Siti" jamoasi libosida

Ota-onasi Yamaykada tugʻilgan Sterling besh yoshida Londonga koʻchib kelgan. U 2010-yilda „Liverpool“ bilan shartnoma imzolashdan oldin „Queens Park Rangers“ jamoasida toʻp surgan. 2014-yilda „Golden boy“ mukofoti bilan taqdirlangan. 2015-yil iyul oyida yangi shartnoma boʻyicha uzoq davom etgan bahsdan soʻng, u „Manchester Siti“ tomonidan 49 million funt sterlinglik transferga imzo chekgan. Bu oʻsha paytda ingliz futbolchisi uchun toʻlangan eng yuqori transfer narxi boʻlib, Sterling 2017-18 va 2018-19-yilgi mavsumlarda „Manchester Siti“ga ketma-ket Premer-liga chempionligini qoʻlga kiritishda yordam bergan. 2018-19-yilgi mavsumda u PFA Premer-ligasida yilning eng yaxshi jamoasi deb topildi va PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi va FWA yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinlari bilan taqdirlangan.

Terma jamoa safida

Sterling Angliya terma jamoasidagi debyutini 2012-yilning noyabr oyida oʻtkazgan, Angliya yoshlar jamoasi tarkibida 16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan bahslarda ishtirok etgan. U 2014-va 2018-yillarda futbol boʻyicha jahon chempionati va 2016-va 2020-yillarda UEFA Yevropa chempionati uchun Angliya terma jamoasi safida ishtirok etgan.

Sterling 2011-yilda "Liverpul" tarkibida

Sterling 2010-yilning fevral oyida oʻsha paytdagi akademiya direktori Frenk Makparlend va Rafael Benites tomonidan „Queens Park Rangers“ akademiyasidan „Liverpool“ tomonidan 450 000 funt sterlingga boshlangʻich toʻlov evaziga, asosiy jamoada qancha oʻyin oʻtkazganiga qarab 2 million funt sterlinggacha koʻtarilishi mumkin boʻlgan shartnoma tuzishgan.

2012-yil 24-mart kuni Sterling 17 yoshu 107 kunligida „Wigan Athletic“ga qarshi liga oʻyinida „Liverpul“ jamoasi tarkibida zaxira oʻyinchisi sifatida debyut qilgan va klubda oʻynagan eng yosh uchinchi futbolchiga aylangan.

2012-yil avgust oyida u klub uchun Yevropadagi debyutini oʻtkazgan hamda UEFA Yevropa Ligasi saralash bosqichi doirasida Gomelga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan. Keyingi hafta Sterling „Bayer Leverkusen“ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida birinchi boʻlimda jamoasi tarkibidagi ilk golini urgan. 2012-yilning 23-avgustida u „Liverpul“ safidagi ilk oʻyinini Yevropa ligasi saralash bosqichi doirasida „Harts“ mehmoni boʻlgan oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba bilan boshlagan. U ligadagi ilk uchrashuvini uch kundan soʻng Enfildda Manchester Siti bilan 2:2 hisobida durang oʻynagan. Sterling 2-sentabr kuni „Arsenal“ga, 15-sentabrda „Sanderlend“ga qarshi oʻyinda toʻliq 90 daqiqa oʻynab, bitta golli uzatmani amalga oshirishga erishgan shu bilan bir qatorda Sterling uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilgan. 20-oktabr kuni Sterling „Liverpul“ safidagi birinchi yirik raqobatdosh golini „Reading“ga qarshi oʻyinda 1:0 hisobidagi gʻalabaning 29-daqiqasida jarima maydonchasi chetidan zarbasi bilan kiritgan. Natijada u faqat Maykl Ouenni ortda qoldirib, „Liverpul“ safida gol urgan eng yosh ikkinchi futbolchiga aylangan.

Sterling (oʻngda) 2015-yilda „Liverpul“ safida

2012-yilning 21-dekabrida Sterling shartnomani uzaytirishga qaror qilgan va kelajagini „Liverpul“ga topshirgan. U 2013-yilning 2-yanvarida „Sanderlend“ga qarshi oʻyinda darvozabon Simon Minyoleni ortda qoldirib, 3:0 hisobida gʻalaba qozonib, klub uchun ligadagi ikkinchi golini kiritgan.

2015-yilning 12-iyulida uning dastlabki 44 million funt sterling evaziga „Manchester Siti“ga transferi boʻyicha kelishuv amalga oshirilgan. Yana 5 million funt sterling qoʻshimcha pul berilishi, uni barcha davrlarning eng qimmat ingliz futbolchisiga aylantirgan. 14-iyul kuni Sterling rasman „Manchester Siti“ga kelib, 5 yillik shartnoma tuzgan. Uning debyuti 10-avgust kuni „Vest Bromvich“ uyida boʻlib, 3:0 hisobidagi gʻalaba bilan boshlagan. Oʻn toʻqqiz kun oʻtgach, Sterling „Manchester Siti“ stadionida „Uotford“ga qarshi oʻyinda (2:0) „Manchester Siti“ uchun birinchi golini kiritgan. Raheem Sterling 17-oktabr kuni „Bornmut“ ustidan 5:1 hisobida gʻalabaga erishganida, faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etgan.

Sterling „Liverpool“ jamoasining kattalar tarkibida 31-avgust kuni Uayt Xart Leynda „Tottenxem“ga qarshi 3:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda ilk golni kiritgan va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Sterling „Liverpul“da avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilgan.

2022-yilning 13-iyulida Sterling „Chelsi“ bilan 47,5 million funt sterling evaziga 5 yillik shartnoma tuzgan. 6-avgust kuni u Premer-ligada „Everton“ga qarshi safarda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan holda klub debyutini oʻtkazgan.

Yuqori