
Qorluq xoqonligi (uygʻurcha: Qarluq xaqanligi, xitoycha: nghunghui, Pinyin: Géluólù Yèhùguó) – qorluq zodagonlari tomonidan tashkil etilgan va qabila federatsiya sifatida faoliyat olib borgan oʻrta asrlar davlati. Ayni vaqtda qorluqlar Islomni qabul qilgan ilk turk qabilalaridan biridir. Devanu Lugʻatit turkda: „ قرلق Qorluq“ „Bu koʻchmanchi turklardan bir guruhining nomidir. Ular oʻgʻuzlardan ajralib turadi. Oʻgʻuzlar kabi turkmandirlar“ shaklida eslab oʻtilgan.
Tarixi
753-yilda Tung Bilga Yabgʻu Qorluqlarning hukmdori boʻldi. Ilgari „Kul-Erkin“ unvoniga ega boʻlgan „Uch qorluq“ qabila boshligʻiga „Yabgʻu“ unvoni berilar edi. Poytaxt sifatida Suyob shahri tanlangan.
756-yilda qorluqlar Onoklar avlodidan boʻlgan Turkesh xoqonligini magʻlubiyatga uchratib, Gʻarbiy Turkistonda davlat tuzgan. 766-yilda davlat poytaxi Balasagʻunga koʻchirilgan.
840-yilda boshqa bir qorluq urugʻi tomonidan asos solingan Qoraxoniylarga tobe boʻlgan. Qoraxoniylar hukmronligi ostida boʻlishlariga qaramay, ular asosan mustaqilligini saqlab qolgan. 893-yilda Sirdaryoning sharqiy tomoniga yurish uyushtirgan Ismoil Somoniy qarluqlarni qaqshatqich magʻlubiyatga uchratadi va Talas shahrini egallaydi. 943-yilda oʻgʻuzlar va yagʻmolarga qarshi uzoq vaqt kurashib kelgan Qorluq xoqonligi Qoraxoniylaning hujumidan soʻng butunlay parchalanib ketgan.
Yana qarang
- Qarluq xonligi
- Qoraxoniylar davlati
- Gʻaznaviylar
- Markaziy Osiyo tarixi
- Sobiq imperiyalar
- Markaziy Osiyodagi sobiq davlatlar
- Osiyoning sobiq monarxiyalari
- Tarixdagi turkiy davlatlar