Qoratov — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shaharcha (1964-yildan). Nukus shahar kengashiga qarashli. Amudaryoning oʻng sohilidagi pristan. Nukus temir yoʻl stansiyasidan (Toshkent — Nukus) 91 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 2,2 ming kishidan iborat (2005). Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Umumiy taʼlim maktabi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, tibbiy punkt, dorixona bor.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Turkumlar::
- Oʻzbekiston:Shaharchalar
- Nukus