Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Qizil qal’a yoki Lal Qila  – Hindistondagi tarixiy qalʼa boʻlib, u Boburiy imperatorlarining asosiy qarorgohi sifatida foydalanilgan. Imperator Shoh Jahon poyta

Qizil qalʼa

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qizil qal’a
Lal qila

Qalʼaning Lohuri darvozasi
Umumiy maʼlumot
Turi Qalʼa
Shahar Dehli
Mamlakat Hindiston
Qurilishi boshlangan 12-may 1639-yil
Qurilishi tugagan 6-aprel 1648-yil
Qizil qalʼa

Qizil qal’a yoki Lal Qila  – Hindistondagi tarixiy qalʼa boʻlib, u Boburiy imperatorlarining asosiy qarorgohi sifatida foydalanilgan. Imperator Shoh Jahon poytaxtni Agradan Dehliga koʻchirishga qaror qilganda, 1638-yil 12-mayda Qizil qal’a qurilishi boshlangan. Qal’a dizayni Toj Mahalni qurgan meʼmor Ustod Ahmad Lohuriyga tegishli. Qal’ani Shoh Jahon davridagi Boburiy arxitekturasining choʻqqisi deb atash mumkin. 1739-yilda Nodirshohning Boburiylar imperiyasiga bostirib kirishi paytida qal’adagi sanʼat asarlari talon-toroj qilingan. Qal’aning marmar qismlari 1857-yilgi qoʻzgʻolondan keyin inglizlar tomonidan buzib tashlangan. Lekin qal’aning mudofaa devorlari buzilmagan va keyinchalik garnizon sifatida ishlatilgan. 1947-yil 15-avgustda Hindistonning birinchi Bosh vaziri Javoharlaʼl Neru Hindiston bayrogʻini qal’a darvozasi tepasiga koʻtargan. Har yili Hindiston Mustaqillik kunida (15-avgust) Bosh vazir qal’aning asosiy darvozasiga Hindistonning bayrogʻini koʻtargan va efirda nutq soʻzlagan. Qizil qal’a 2007-yilda Qizil qal’a majmuasining bir qismi sifatida Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Yuqori