Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

„Qirmizi olma“ — oʻzbek xonandasi Ulugʻbek Rahmatullayev ijro etgan qoʻshiq. Dastlab singl o'laroq 2015-yil eʼlon qilingan. „Qirmizi olma“ qoʻshigʻi Rahmatullay

Qirmizi olma

Qirmizi olma“ — oʻzbek xonandasi Ulugʻbek Rahmatullayev ijro etgan qoʻshiq. Dastlab singl o'laroq 2015-yil eʼlon qilingan. „Qirmizi olma“ qoʻshigʻi Rahmatullayevning 2015-yil eʼlon qilingan „Yoshlik“ nomli albomiga ham kiritilgan. Shuningdek, 2020-yil eʼlon qilingan „Seni izlab“ albomiga qoʻshiqning jonli versiyasi kiritilgan. Xonanda qoʻshiqni rus tilida „Yabloko lyubvi“ (ruscha: Яблоко любви) nomi bilan ijro etgan. Tarona xonandaning oʻsha yili chiqarilgan ayni nomli studiyaviy albomiga kiritilgan. „Qirmizi olma“ Rahmatullayev repertuaridagi eng keng tanilgan qoʻshiqlarning biridir.

„Qirmizi olma“
Ulugʻbek Rahmatullayev qoʻshigʻi
Qirmizi olma albomidan
Chiqarilgan sanasi 2015
Janr pop
Davomiyligi 3:54 (toʻliq versiya)
3:39 (qisqa versiya)
4:09 (klip versiyasi)
Klipi
„Qirmizi olma“ YouTubeda

Qoʻshiq tonalligi — si-bemol minor. Qoʻshiqning oʻzbekcha versiyasi klipi 2016-yilning martida YouTubega yuklanganidan to 2022-yilning sentyabriga qadar 21 million martadan oshiq, ruscha versiyasi klipi esa 20 million martadan oshiq koʻrilgan.

Bugunga qadar bir necha xorijlik xonanda taronani kaver qilgan. 2015-yil eronlik xonanda Aref qoʻshiqni „Ki behtar az to“ (forscha: کی بهتر از تو‎) nomi bilan fors tilida kuylagan. Rahmatullayev Aref undan ruxsat olmaganini, ammo kaverga eʼtirozi yoʻqligini bildirgan. 2021-yil esa Arhan „Qirmizi alma“ nomi bilan ozarbayjon tilida ijro etgan. 2021-yil Rahmatullayev qoʻshiqni xonanda Nilufar Usmonova bilan ijro etgan.

„The cover up kids“ koʻrsatuvining 3-sonida (8-noyabr, 2020-yil) Rahmatullayev qoʻshiqlari kaver qilingan. „Qirmizi olma“ qoʻshigʻini koʻrsatuv ishtirokchisi Rustamxon Sayfullayev ijro etgan. Sayfullayev qoʻshiqni uch xil uslubda, jumladan, milliy cholgʻular joʻrligida ijro etgan va Rahmatullayev olqishiga sazovor boʻlgan.

Izohlar

  1. Koʻrsatuv ijodkorlari „cover-up“ soʻzi ingliz tilida 1) biror narsani, ayniqsa nojoʻya ish yoki xatoni yashirish urinishini yoki 2) suvdan chiqqanda choʻmilish kiyimi ustidan tashlab olinadigan ust-boshni anglatishidan bexabar boʻlgani uchun koʻrsatuvni shunday nomlagan.
Yuqori