Murtazoev Qayum Murtazoevich (1926-yil 14-avgust Konibodom — 1982-yil 25-may Toshkent) — Sovet va Oʻzbekiston davlat va komsomol partiyasi yetakchisi.
Biografiya
1926-yil 14-avgustda Tojikiston SSRning Konibodom shahrida tugʻilgan. N. Narimanova nomidagi 1-umumta’lim maktabida o‘qigan(1934 — 1942). Fargʻona davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini tugatgan (1944 — 1948). Institutda ijtimoiy ishlar bilan shug‘ullangan. Diplomini olgach, Farg‘ona shahar komsomol qo‘mitasiga ishga qabul qilingan. 1942-yildan komsomol aʼzosi. 1948-yildan KKP aʼzosi boʻlgan.
- 1942— 1943 — Fargʻona shahri, "Узбплодоовощ" korxonasi bazasi ishchisi.
- 1947—1948 — O‘zbekiston komsomoli Farg‘ona shahar qo‘mitasining 2-kotibi ,
- 1948—1950-yillar — Oʻzbekiston komsomoli Fargʻona shahar qoʻmitasining 1-kotibi,
- 1950—1951 — O‘zbekiston komsomoli Farg‘ona viloyat qo‘mitasining 2-kotibi,
- 1951—1952-yillar — Oʻzbekiston komsomoli Fargʻona viloyat qoʻmitasi 1-kotibi,
- 1952-yil —Oʻzbekiston Komsomoli Markaziy Qoʻmitasining kadrlar boʻyicha kotibi,
- 1952—1958-yillar — Oʻzbekiston Komsomoli Markaziy Qoʻmitasining 1-kotibi,
- 1958—1960-yillar — Komsomol Markaziy Qoʻmitasining kotibi, ittifoq respublikalarini boshqargan;
- 1960—1965-yillar — Toshkent shahar partiya qo‘mitasining 1-kotibi,
- 1965—1977-yillar — Buxoro viloyat partiya qo‘mitasining 1-kotibi,
- 1977—1982 — Oʻzbekiston SSR Mehnat va ijtimoiy taʼminot davlat qoʻmitasi raisi.
Komsomol MK aʼzosi (1954—1962). Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi. SSSR va OʻzSSR Oliy Kengashi deputati boʻlgan.
- Oʻzbekiston Komsomoli Markaziy Komitetining birinchi kotiblari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi a’zolari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyati qoʻmitasi 1-kotiblari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasining birinchi kotiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Lenin ordeni sohiblari
- 1982-yilda vafot etganlar
- 25-mayda vafot etganlar
- 1926-yilda tugʻilganlar
- 14-avgustda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari