Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Qashqirlar makoni 2003-yil 15-oktyabrda Show TVda „Bu bir mafiya seriali“ nomi ostida keng tarqalgan siyosiy turdagi turkcha teleserialdir. Serial dizi va pusu

Qashqirlar makoni

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qashqirlar makoni

Teleserial qahramonlari
Turi Teleserial
Janri Politik
Rejissyor Osman Sınav
Ssenariynavis(lar) Necati Şaşmaz
Tematik musiqa bastakori Gökhan Kirdar
Mamlakat Turkiya bayrogʻi Turkiya
Til turkcha
Mavsumlar soni 4
Qismlar soni 97
Joy İstanbul
Qism davomiyligi 90 daqiqa
Ovoz formati Stereo

Qashqirlar makoni 2003-yil 15-oktyabrda Show TVda „Bu bir mafiya seriali“ nomi ostida keng tarqalgan siyosiy turdagi turkcha teleserialdir. Serial dizi va pusu deb nomlangan boʻlimlardan iborat. Dizi 4 sezon va 97 qismni tashkil etadi. Dizi 2005-yil 29-dekabr sanasida 97-boʻlim bilan yakunlangan.

Mavzu

Xorijiy davlatlarda Milliy Xavfsizlik Tashkiloti tarafidan yoʻlga qoʻyilgan bir qancha rejalarda muvaffaqiyat qozongan Ali Candan soʻnggi marotaba Kosovada ekanligida boshligʻi Aslan Akbey tomonidan Turkiyaga chaqirtiriladi va unga „Qashqirlar makoni operasiyasi“ vazifasi yuklatiladi. Bu topshiriqdan kutilgan maqsad mafiyalarning lideri boʻlgan Mehmet Karahanlı va u boshchilik qiladigan „Qashqirlar kengashi“ini yoʻq qilishdan iborat edi.

Syujeti

Ali Candan oʻziga yuklatilgan bu topshiriqni amalga oshirish uchun oila aʻzolari va barcha yaqinlari bilan vidolashadi. Soʻngra avto-halokatda vafot etgan deya eʻlon qilinib, plastik operasiyada yuzini oʻzgartirib qaytadi. Aliga Polat Alemdar ismi bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat beriladi. Polat Duran Emmining jiyani boʻlib keladi va mafiya ichiga kiradi. Oradan biroz muddat oʻtgach Suleyman Çakır Duran Emmining choyxonasiga keladi va Polat Alemdar bilan tanishadi. Choyxonadan chiqarkan, Duran Emmi va Çakır Şevko tomonidan yollangan qotillar tarafidan nishonga olinganligini sezib qolgan Polat ularning hayotini qutqaradi. Shu voqeadan keyin Polat va Çakır doʻst tutinadilar va bir qancha muvaffaqiyatli ishlarni birgalikda amalga oshiradilar. Polatning bu muvaffaqiyatlari Qashqirlar kengashining diqqatini tortadi. Polat boshida kengash uchun xizmat qiladi. Keyinchalik, yuksalib kengash boshligʻi lavozimiga koʻtariladi. 2005-yilda Qashqirlar kengashining aʻzolari birma-bir Polat tarafidan yoʻq qilinadi. Eng soʻngida Laz Ziyaning vafoti kengashga butunlay nuqta qoʻyadi.

Kitoblashtirish

„Qashqirlar makoni“ serialining mavzusini qamrab olgan bir qancha kitoblar nashr etilgan. Yusuf Solmaz tomonidan yozilgan „Kurtlar Vadisi Çocukarı“ va kitobga muxbirlik qilgan Nazım Kürşad Tektaşning ham „Kurtlar Vadisi Unutulmaz Sözler - Diyaloglar“ kabi kitoblari shular jumlasidandir.

Faktlar

  • Abdülhey obrazida rol oʻynagan Kenan Çoban serialda hali ishtirok etmasdan avval, 2-qismda Ali Candanning janozasida limonat tarqatgan bir kishi boʻlgan.
  • Sharon Stonening Polat Alemdarni oʻpgan sahnasi, 2009-yil Necati Şaşmaznıng Beyaz Showda bergan intervyusiga koʻra 24 marta takrorlangan ekan.
  • 2015-yil 23-noyabrda serial suratga olinayotgan jarayonda Süha Tarık obrazini ijro etgan İsmail Aydın yurak huruji xastaligidan vafot etgan. Butun serial jamoasi aʻzolari marhumning janozasida ishtirok etishgan.

Aktyorlar

AktyorlarObrazlarQismlari
Necati ŞaşmazPolat Alemdar2-97
Raci ShashmazAli Candan1-2
Özgü NamalElifim Eylül1-97
Selçuk YöntemAslan Akbey1-55
Oktay KaynarcaSüleyman Çakır1-45
Seray SeverDerya Çakır1-20
Gürkan UygunMemati1-97
Kenan ÇobanAbdülhey30-97
Erhan UfakGüllü Erhan34-97
Erdem ErgüneyDeli Hikmet1-97
Emin OlcayÖmer Candan1-97
İnci Melis Pars / Serpil TamurNazife Candan1-6 / 16-97
Kurtuluş ŞakirağaoğluDuran Emmi3-6
Nihat NikerelSeyfo Dayı3-63
Hidayet ErdinçŞevko1-13
Hande KazanovaCanan Çavan1-97
İpek TenolcayNesrin Çakır1-97
Müge UlusoyMeral Yılmaz1-53
Osman WöberTuncay Kantarcı7-97
Sefa ZenginErdal Kömürcü8-54
İsmail İncekaraİplikçi Nedim10-89
Altan AkışıkDoğu Eşrefoğlu21-86
Orhan ErtürkTilki Andrei82-86
Hayat OlcayAyşe Eylül1-97
Kerem FırtınaEren Eylül1-97
Devrim ParscanOrhan Karadeniz10-46
Turgay Tanülkü Şahin Ağa22-37
Sinem BayerEster Hirch23-36
Vildan AtaseverNazlı Bekiroğlu33-55
Muhammed CangörenAbuzer Kömürcü21-40
Ulgar Manzakoğluİbrahim Ahıskalı52-84
Tarık ŞerbetçioğluSelim52-72
Yaşar KarakulakYahya Reis47-86
Abidin YerebakanAbidin Seferoğlu7-97
Yüksel ArıcıPala51-64
Cenk ErtanFaruk51-63
Levent GünerBedir51-63
Nedim DoğanŞehmuz25-59
Ali İpinKirve64-79
Cengiz DanerEsat56-88
Tayfun SavMithat57-81
Zekai MüftüoğluAkrep Bekir59-84
Çelik BilgeSadri Cambazoğlu59-84
Attila ŞendilTurgut Kuyucu59-84
Begüm KütükSafiye Karahanlı48-97
Güven HoknaNergiz Karahanlı56-88

Qashqirlar kengashi

AktyorlarObrazlarQismlar
Zafer ErginMehmet Karahanlı1-74
Baykal SaranHüsrev Aga1-59
İstemi BetilLaz Ziya1-95
Tarık ÜnlüoğluTestere Necmi1-56
Atilla OlgaçKılıç1-95
Haldun BoysanTombalacı Mehmet1-36
Adnan BiricikNizamettin Güvenç1-96
Nişan ŞirinyanSamuel Vanunu1-85
Sönmez AtasoyHalil İbrahim Kapar61-97
Andy GarciaAmon96-97
Sharon StoneLisa96-97

| Sharon Stone || Tahhalus DieD || 0-97 |}

Yuqori