- Vikipediyada ismi Porso va familiyasi Xoʻjayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Porso Xoʻjayev | |
|---|---|
| Tavalludi | 1867-yil |
| Vafoti | 25-oktyabr 1937-yil (70 yoshda) Toshkent |
| Kasbi | Pedagog |
| Mukofotlari | Qizil yulduz ordeni |
Xoʻjayev Porso, Porso Xoʻja Hasan (1867-yil, Buxoro — 1937-yil 25-oktabr, Toshkent) — Buxorodagi jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri, Buxoro XSR va Oʻzbekiston SSR davlat va jamoat arbobi, pedagog.
Hayoti va faoliyati
Porso Xoʻjayev 1867-yil Buxoro amirligining poytaxti Buxoro shahrida tavallud topgan. Buxoroda madrasa tahsilini olgan. 1890-yillardan jadidchilik gʻoyalariga qiziqa boshlagan. 1905-yildan Buxorodagi jadidchilik va „Yosh buxoroliklar“ safida yangi usul maktablari ochish va jadid gazetalarini chiqarish, koʻplab qiroatxona va kutubxonalar tashkil etishda faol qatnashgan. 1918-yil martdan Samarqand, Shahrisabz, Qarshi, Buxoroda amirlik tuzumiga qarshi kurashda ishtirok etgan.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tuzilgach, Xatirchi va Karmana viloyatlari inqilobiy qoʻmitasi raisi (1920—1921-yillar), BXSR dehqonchilik noziri va nozir oʻrinbosari (1921-yil), Buxoro markaziy kasaba ittifoqi raisi (1922-yil), BXSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi (1922-yil avgust — 1924-yil noyabr) sifatida faoliay olib borgan. 1925-yildan Buxoro shahar ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Buxoro okrugida yer islohoti boʻyicha komissiya raisi boʻlib, 1929-yildan Toshkentda koʻchib oʻtgan.
Vafoti
Porso Xoʻjayev BXSRning rahbar arboblari bilan birgalikda millatchilik va sovet davlatchiligiga qarshi harakatlarda ayblanib, 1937-yil 14-oktyabrda otishga hukm qilingan va shu yilning 25-oktabrida, 70 yoshida Toshkentda otib oʻldirilgan. 1962-yil 26-noyabrda oqlangan.
Mukofotlari
Porso Xoʻjayev Buxoro Xalq Sovet Respublikasining 1-darajali Qizil yulduz ordeni bilan taqdirlangan.
- 25-oktyabrda vafot etganlar
- 1937-yilda vafot etganlar
- Buxoro amirligida tugʻilganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Buxoro amirligi davlat arboblari
- Buxoroda tugʻilganlar
- Buxoro amirligi kishilari
- Buxorolik kishilar
- Buxoro madrasalarida tahsil olganlar
- Jadidlar
- Qatagʻon qurbonlari
- Yosh buxoroliklar
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- Buxoro Xalq Sovet Respublikasining 1-darajali Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston inqilobchilari
- SSSRda qatagʻonga uchragan davlat organlari rahbarlari
- Oʻzbekiston SSRda qatl etilganlar
- Sovet Ittifoqida vafotidan keyin oqlanganlar
- KPSS safidan chiqarilganlar