Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Pizza Hut (talaffuzi: Pitsa Hat; inglizcha Hut – „kulba“) – dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida 15 mingdan ortiq ovqatlanish joylariga ega pitseriyalar tarmo

Pizza Hut

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Pizza Hut, LLC
Turi shoʻba korxona
Xizmatlari franchayzing
Tarmogʻi
  • Pitseriya
  • Restoranlar
Egasi Yum! Brands
Qachon asos solingan 31-may, 1958-yil (68 yil avval) (1958-05-31)
Wichita, AQSh
Joylashuvi 7100 Corporate Dr., Plano
Hududiy xizmati xalqaro
Asoschi(lari)
  • Dan Carney
  • Frank Carney
Rahbariyat Aaron Powell
(Pizza Hut prezidenti)
Mahsulot(lar)i pitsa
kartoshka fri
taplanagan pitsa
makaron pastasi
tovuq qanotlari
non tayoqchalari
Aylanma daromadi US$1.091 milliard (2016)
Ishchilar soni 350,000 atrofida
Vebsayti pizzahut.com

Pizza Hut (talaffuzi: Pitsa Hat; inglizcha Hut – „kulba“) – dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida 15 mingdan ortiq ovqatlanish joylariga ega pitseriyalar tarmogʻi. Pizza Hut – Yum! Brandsning bir qismi.

1958-yilda Kansasning Wichita shahrida aka-uka Dan va Frank Carneylar tomonidan tashkil etilgan. U pitsaning amerikacha versiyasini, shuningdek, makaron, tovuq qanotlari, sarimsoqli non kabi o'xshash taomlarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Dunyodagi eng katta pitseriya tarmogʻi boʻlgan.

Pizza Hut ikki turga: oilaviy tushlik uchun Pizza Hut va tez tayyorlanadigan Pizza Hut Express boʻlingan. Oilaviy pitseriyalar fastfud restoranlaridan koʻproq menyusi, koʻproq joylari va xodimlari (masalan, Golden Corral restoranlar tarmogʻidagi kabi) bilan farqlanadi.

Yuqori