Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Pepo (Պեպո (arman tili)) — 1935-yilda suratga olingan sovet drama filmi. Film Gabriel Sundukyanning 1876-yilda yozilgan shu nomli pyesasi asosida yaratilgan boʻ

Pepo (film)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Pepo
Պեպո

Pepo filmining titr tasviri
Rejissyor(lar) Hamo Beknazaryan
Armen Gulakyan
Ssenariy
muallif(lar)i
Hamo Beknazaryan
Qaysi asarga
asoslangan
Gabriel Sundukyanning 1876-yilda yozilgan shu nomli pyesasi asosida
Rollarda Hrachia Nersisyan
Avet Avetisyan
Hasmik
Grigor Avetyan
Bastakor(lar) Aram Xachaturyan
Operator(lar) Dmitri Feldman
Studiya Armenfilm
Distribyutor Amkino Corporation (1935, AQSh, subtitrli)
Premyera
sanasi
1935-yil 9-oktyabr
Davomiylik 88 daqiqa
Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR
Tillar arman, rus

Pepo (Պեպո (arman tili)) — 1935-yilda suratga olingan sovet drama filmi. Film Gabriel Sundukyanning 1876-yilda yozilgan shu nomli pyesasi asosida yaratilgan boʻlib, ssenariysi va rejissyorligi Hamo Beknazaryanga tegishli. Film musiqasini Aram Xachaturyan bastalagan.

Film Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldingi sovet kinosining eng mashhur asarlaridan biri sifatida baholangan. Shuningdek, u xalqaro miqyosda eʼtirof etilib, xorijda Armaniston madaniyatining timsollaridan biriga aylangan.

Syujeti

Film voqealari XIX asrdagi Tiflisda kechadi. Unda kambagʻal, ammo halol arman baliqchisi Pepo (Hrachia Nersisyan)ning kundalik hayoti tasvirlanadi. Pepo ayyor savdogar Arutin Kirakozovich Zimzimov (Avet Avetisyan)ga qarshi kurashadi. Zimzimov hiyla ishlatib Pepoga zarar yetkazgan boʻladi.

Voqealar rivoji davomida Pepo sevib qoladi va film shu munosabatlar atrofidagi voqealar bilan yakunlanadi.

Rollarda

  • Hrachia Nersisyan — Pepo
  • Tatyana Makhmuryan — Kekel, Peponing singlisi
  • David Malyan — Kakuli, Peponing doʻsti
  • Avet Avetisyan — Arutin Kirakozovich Zimzimov
  • Hambartsum Khachanyan — Darcho, savdogar
  • Hasmik — Shushan
  • Grigor Avetyan — Giko
  • Nina Manucharyan — Natel
  • Armen Gulakyan — Duduli, Peponing doʻsti
  • N. Gevorgyan — Efemiya
  • Gurgen Gabrielyan — Kinto
  • A. Kefchiyan — Pichxul
  • H. Vanyan — Margurit
  • M. Garagash — Gevorg, kotib
  • Vladimir Barskiy — sudya
  • V. Bagratuni — Samson
  • M. Beroyan — Darchoning onasi
  • M. Jrpetyan — gʻiybatchi

AQShdagi namoyishlari

Pepo filmi premyerasidan koʻp oʻtmay AQShda ham namoyish etilgan. U sovet tarqatish kanallari orqali, jumladan, Armenkino bilan bogʻliq namoyishlar orqali AQSh tomoshabinlariga taqdim etilgan.

Amerika matbuotida filmga bildirilgan munosabatlar turlicha boʻlgan. A. H. Bakhchinyanning tadqiqotiga koʻra, 1935-yil 10-oktabrda The New York Times gazetasida eʼlon qilingan sharhda filmning XIX asr muhiti, kulgili jihatlari va etnografik ahamiyati, ayniqsa koʻcha hayoti, bozor manzaralari, raqs va musiqasi taʼkidlangan. Sharhda inglizcha subtitrlar voqeani tushunishga yordam bergani qayd etilgan.

1935-yil 11-oktabrda New York Herald Tribune gazetasida chop etilgan sharhda esa film zerikarli va toʻliq emas deb baholangan. Motion Picture Daily nashri ham film asosan uning tilini tushunadigan tomoshabinlarga moʻljallanganini taʼkidlab, arman tilini bilmaydigan tomoshabinlar uchun subtitrlarning cheklanganligini tanqid qilgan.

Shunga qaramay, filmning AQShda namoyish etilishi va Amerika matbuotida yoritilishi arman sovet ovozli badiiy filmining AQSh kinoteatrlarida namoyish etilgan dastlabki namunalaridan biri sifatida ahamiyatlidir.

Suratlar

Yana qarang

  • Hamo Beknazarov
  • Armenfilm
  • Armaniston kinosi
Yuqori