Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Pavel Nedvěd (chexcha talaffuzi: [ˈpavɛl ˈnɛdvjɛt]; 1972-yil 30-avgustda tugʻilgan) – chexiyalik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan

Pavel Nedvěd

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Pavel Nedvěd
Nedvěd wearing the red shirt, blue shorts and blue socks of the Czech Republic
Nedvěd Chexiya terma jamoasi safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pavel Nedvěd
Tavallud sanasi 1972-yil 30-avgust (1972-08-30) (53 yosh)
Tavallud joyi Cheb, Chexoslovakiya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1977—1985 TJ Skalná
1985-1986 RH Cheb
1986—1990 Škoda Plzeň
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990—1992 Škoda Plzeň 0 (0)
1990—1992   Dukla Prague 19 (3)
1992—1996 Sparta Prague 97 (23)
1996—2001 Lazio 138 (33)
2001—2009 Juventus 247 (51)
Total 501 (110)
Milliy terma jamoa
1992—1993 Chexoslovakiya U21 7 (0)
1994—2006 Chexiya 91 (18)
Medallar
 Chexiya vakili
UEFA European Championship
Ikkinchi1996 England
2004 Portugal
FIFA Confederations Cup
Uchinchi oʻrin1997 Saudi Arabia
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Pavel Nedvěd (chexcha talaffuzi: [ˈpavɛl ˈnɛdvjɛt]; 1972-yil 30-avgustda tugʻilgan) – chexiyalik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan. U oʻz avlodining eng buyuk yarim himoyachilaridan biri va Chexiyada yetishib chiqqan eng muvaffaqiyatli oʻyinchilardan biri sifatida tan olinadi. Italiyaning „SS Lazio“ va „Juventus“ klublari bilan ichki va Yevropada sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Pavel 1999-yilgi Kubok egalari kubogida chempionlikka erishilishida va 2003-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finaliga jamoasini chiqishida katta ishni bajargan.

Nedvěd Chexiya terma jamoasining asosiy aʼzosi sifatida 1996-yilgi Yevro chempionati finaliga qadar etib borgan. Nedvěd shuningdek, UEFA Yevro-2004 musoboqasida milliy terma jamoa sardori boʻlgan. Nedvěd turnir yakunida musoboqaning ramziy jamoasiga kiritilgan. Bundan tashqari, Nedvěd oʻz jamoasiga Chexoslovakiya davlati parchalanganidan keyin birinchi marta 2006-yilgi FIFA Jahon chempionatiga chiqishida yordam bergan.

2003-yilda Yevropada yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida „Oltin toʻp“ni qoʻlga kiritgan Nedvěd Chexoslovakiya parchalanganidan keyin bu sharafni qoʻlga kiritgan ikkinchi chex futbolchisi boʻlgan. Faoliyati davomida Nedvěd boshqa bir qator shaxsiy mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan 2004-yilda Oltin oyoq mukofoti, Chexiyada yilning eng yaxshi futbolchisi (toʻrt marta) va Chexiya oltin toʻpi (olti marta) sohibi boʻlgan. Nedvěd shuningdek, Pele tomonidan eng yaxshi futbolchilar uchun tanlangan FIFA 100 aʼzolaridan biri deb atalgan va 2003, 2004 va 2005-yilgi mavsumlarda UEFA yilning eng yaxshi jamoasiga kiritilgan. 19 yillik professional faoliyatidan soʻng Nedvěd klublar miqyosida 501 ta oʻyin oʻtkazgan (110 ta gol urgan) va Chexiya terma jamoasi safida 91 marta maydonga tushgan (18 ta gol urgan).

Futbolchilikdan keyingi faoliyati

Nedvěd 2014-yil xayriya oʻyinida

Direktorlik

2010-yil 12-oktyabrda Exor kompaniyasi (Agnelli oilasining sarmoyaviy kompaniyasi) Nedvedni „Juventus“ direktorlar kengashiga nomzod qilib koʻrsatdi. Direktorlar kengashida 2018/2019-yilgi mavsumgacha direktor boʻlib ishlagan. 2015-yil 23-oktyabrda Nedvěd direktorlar kengashi raisining oʻrinbosari etib tayinlangan.

2022-yil 28-noyabrda „Juventus“ning butun direktorlar kengashi, shu jumladan Nedved ham janjal tufayli oʻz lavozimlaridan isteʼfoga chiqqan. 2023-yil 20-yanvarda Nedvěd Plusvalenza mojarosining bir qismi sifatida kapital daromadlarini buzganligi uchun jazo sifatida Italiya futbolidagi har qanday faoliyatdan sakkiz oyga chetlatilgan.

Faoliyat statistikasi

Jamoa

Manbalar: Liga oʻyinlari, „Yuventus“da Italiya kubogi statistikasi, Yevropa musobaqalari statistikasi
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollari
Jamoa Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Dukla Prague 1991-92 Chexoslovakiya birinchi ligasi 193193
Sparta Prague 1992-93 Chexoslovakiya birinchi ligasi 17050220
1993-94 Chexiya birinchi ligasi 23340273
1994-95 Chexiya birinchi ligasi 27620296
1995-96 Chexiya birinchi ligasi 3014843819
Umumiy 97231950011628
Lazio 1996-97 Serie A 32731323810
1997-98 Serie A 2611621124315
1998-99 Serie A 211408411346
1999-2000 Serie A 2856112110477
2000-01 Serie A 31931103104513
Umumiy 1383322544123120751
Juventus 2001-02 Serie A 32440703810
2002-03 Serie A 29910155104315
2003-04 Serie A 306406210346
2004-05 Serie A 27710103477
2005-06 Serie A 3354082104513
2006-07 Serie B 3311313612
2007-08 Serie A 31221333
2008-09 Serie A 3273090447
Umumiy 2475122255123032765
Umumiy faoliyati 5011104471182961669147
  1. UEFA Kubogi Gʻoliblari Kubogidagi barcha oʻyin(lar).
  2. UEFA Chempionlar Ligasidagi barcha oʻtkazgan oʻyin(lar).
  3. UEFA kubogidagi barcha oʻtkagan oʻyin(lar).
  4. Italiya Superkubogidagi ishtiroki
  5. UEFA Superkubogidagi ishtiroki

Xalqaro

Terma jamoa va yil boʻyicha ishtiroki va gollari
Terma jamoaYilOʻyinGol
Chexiya 199410
199540
1996122
1997102
199831
199992
2000104
2001114
200260
200382
200490
200520
200661
Umumiy9118
Hisob va natijalar roʻyxati birinchi boʻlib Chexiyaning gollari soni, hisoblar ustuni Nedvědning har bir golidan keyin natijani koʻrsatadi.
Pavel Nedvěd tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Sana Stadion va joy Raqib Hisob Natija Musoboqa
11996-yil 14-iyunAnfield, Liverpool, Angliya Italiya1-02-1UEFA Yevro-1996
21996-yil 18-sentyabrNa Stínadlech, Teplice, Chexiya Malta2-06-01998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
31997-yil 17-dekabrQirol Fahd stadioni, Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni Birlashgan Arab Amirliklari2-06-11997-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi
43-0
51998-yil 14-oktyabrNa Stínadlech, Teplice, Chexiya Estoniya1-04-1UEFA Yevro-2000 saralashi
61999-yil 4-sentyabrŽalgiris Stadium, Vilnyus, Litva Litva1-04-0UEFA Yevro-2000 saralashi
72-0
82000-yil 26-martGenerali Arena, Praga, Chexiya Isroil1-04-1Oʻrtoqlik uchrashuvi
93-0
102000-yil 7-oktyabrNa Stínadlech, Teplice, Chexiya Islandiya3-04-02002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
114-0
122001-yil 24-martWindsor Park, Belfast, Shimoliy Irlandiya Shimoliy Irlandiya1-01-02002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
132001-yil 15-avgustSportovní areál, Drnovice, Chexiya Janubiy Koreya1-05-0Oʻrtoqlik uchrashuvi
142001-yil 6-oktyabrGenerali Arena, Praga, Chexiya Bolgariya2-06-02002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
156-0
162003-yil 2-aprelToyota Arena, Praga, Chexiya Avstriya1-04-0UEFA Yevro-2004 saralashi
172003-yil 6-sentyabrDinamo Stadium, Minsk, Belarus Belarus1-13-1UEFA Yevro-2004 saralashi
182006-yil 6-iyunToyota Arena, Praga, Chexiya Trinidad va Tobago2-03-0Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yutuqlar

A golden cast of Nedved’s footprints. His signature and the date are recorded at the top of the image.
Nedvedning Golden Foot mukofotida oyoq izlari tushirilgan sovrini.

Sparta Prague

  • Chexoslovakiya birinchi ligasi gʻolibi: 1992-93
  • Chexiya futbol ligasi gʻolibi: 1993-94, 1994-95
  • Chexiya kubogi sohibi: 1995-96

Lazio

  • Serie A gʻolibi: 1999-2000
  • Italiya kubogi sohibi: 1997-98, 1999-2000
  • Italiya Superkubogi sohibi: 1998, 2000
  • UEFA kubogi egalari kubogi sohibi: 1998-99
  • UEFA superkubogi sohibi: 1999
  • UEFA Yevropa Ligasi ikkinchi oʻrin: 1997-98

Juventus

  • Serie A gʻolibi: 2001-02, 2002-03
  • Italiya Superkubogi: 2002, 2003
  • Serie B gʻolibi: 2006-07
  • UEFA Chempionlar Ligasi ikkinchi oʻrin: 2002-03

Chexiya Respublikasi

  • UEFA Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrin: 1996

Shaxsiy yutuqlar

  • Oltin toʻp (Chexiya): 1998, 2000, 2001, 2003, 2004, 2009
  • Chexiyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 1998, 2000, 2003, 2004
  • ESMning yilning eng yaxshi jamoasiga kiritilgan: 2000-01, 2002-03
  • Yilning eng yaxshi sportchisi (Chexiya): 2003
  • Serie Ada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2003
  • Serie Ada yilning eng yaxshi chet ellik futbolchisi: 2003
  • Guerin d’Oro: 2003
  • UEFA tasnifi boʻyicha yilning eng yaxshi klubi yarim himoyachisi: 2002-03
  • World Soccer Awards tasnifi boʻyicha yilning eng yaxshi futbolchisi: 2003
  • Oltin toʻp sohibi: 2003
  • RSSSF tasnifi boʻyicha yilning eng yaxshi futbolchisi: 2003
  • UEFA tasnifi boʻyicha yilning enga yxshi jamoasi tarkibiga kiritilgan: 2003, 2004, 2005
  • UEFA Evropa chempionatida turnirining eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoaga kiritilgan: 2004
  • Golden Foot sohibi: 2004
  • FIFA 100 kiritilgan: 2004
  • FAI xalqaro futbol mukofoti – Xalqaro shaxsiyat mukofoti sohibi: 2012
  • Juventus jamoasning barcha davrlarning eng zoʻr oʻntaligiga kiritilgan: 2017

Adabiyotlar

  • Nedvěd, Pavel. La mia vita normale: di corsa tra rivoluzione, Europa, e pallone d'oro (it). Torino: ADD Editore, 2010. ISBN 978-8896873090. 
  • Nedvěd, Pavel; Dalai, Michele. Můj obyčejný život: běh od revoluce do Evropy a ke Zlatému míči (cs). Prague: Argo, 2011. ISBN 978-80-257-0401-1. 
Yuqori