Pavel I [1754.20.9(1.10) - Peterburg — 1801.12.(24).3] — Rossiya imperatori (1796-yildan), Pyotr III va Yekaterina II ning oʻgʻli. Rossiyada harbiy politsiyachilik rejimini, armiyada pruss tartiblarini joriy qilgan; dvoryanlar imtiyozlarini cheklagan. Nobarqaror shaxs sifatida mashhur. 1796-yili onasi Ekaterina II oʻlimidan soʻng taxtga chiqqan. Ekaterina II oʻgʻliga deyarli hech qachon iliq munosabat koʻrsatmagan. U onasi tomonidan oʻldirilgan otasi Pyotr III ni xotirasi tufayli onasi bilan yaqinlasha olmaydi. Ritsarlarga xos xarakterga ega edi. Dastlab inqilobiy Fransiyaga qarshi chiqqan. Lekin, keyinchalik fransuzlar Shvetsariya hududidagi rus asirlarini Vataniga qaytarib yuborgani, sobiq ittifoqchilari tomonidan va'da qilingan Malta oroli berilmagani sabab 1800-yil Napoleon bilan ittifoq tuzgan. Hindistonni fransuzlar bilan birgalikda zabt etish boʻyicha rejalar tuzgan. Gvardiyachi zobitlar fitnasi natijasida oʻldirilgan. Uning o'rnini Aleksandr I egalladi. Dastlab, Pushkin ijodida Pavel I axmoqona obraz sifatida yoritilgan. Ammo, keyinchalik, shoirning munosabatlari oʻzgargan.
| Pavel I | |
|---|---|
| Imperator Pavel I | |
![]() | |
| Tavalludi | 1.10.1754 Sankt-Peterburg, Rossiya |
| Vafoti | 23.3.1801 Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi |
| Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi |
| Bolalari | Aleksander I Nikolay I |
| Otasi | Pyotr III |
| Onasi | Yekaterina II |
| Imzosi | |
| Fayl:SignaturePavel I.jpg | |
