Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oʻtkir Rahmat (1948-yil 15-martda tugʻilgan) oʻzbek shoiri va jurnalistidir. „Xalq soʻzi“ va „Narodnoye slovo“ gazetalarining bosh muharriri.

Oʻtkir Rahmat

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻtkir Rahmat
Fayl:Xpi 9364.jpg
Asl ismi Oʻtkir Rahmatov
Tavalludi 1948-yil 15-mart (1948-03-15) (78 yosh)
Taxallusi Oʻtkir Rahmat
Kasbi „Xalq soʻzi“ va „Narodnoye slovo“ gazetalarining bosh muharriri
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Yoʻnalish Sheʼriyat
Janr Nazm
Shoh asari „Irmoq“, „Sogʻinch“, „Jilgʻa“, „Rayhon hidi“, „Shukrona“
Mukofotlari

Oʻtkir Rahmat (1948-yil 15-martda tugʻilgan) oʻzbek shoiri va jurnalistidir. „Xalq soʻzi“ va „Narodnoye slovo“ gazetalarining bosh muharriri.

Hayoti

Oʻtkir Rahmat 1948-yil 15-martda Samarqand viloyati Toyloq tumanining Uzun qishlogʻida tugʻilgan. Samarqand davlat universiteti va Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan. U oʻz mehnat faoliyatini matbuot nashrlarida boshlab, soʻngra koʻp yillar nufuzli idoralarda xizmat qildi. 1998-yilda „Shuhrat“ medaliga va 2005-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist“ unvoniga sazovor boʻlgan. Xalqaro Choʻlpon mukofotining sohibi. Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzosi. Ayni paytda „Xalq soʻzi“ va „Narodnoye slovo“ gazetalarining bosh muharriri.

Ijodi

Oʻtkir Rahmatning birinchi sheʼri 1966-yillarda chop etiladi. Shoirning „Irmoq“ (1988), „Sogʻinch“ (1991), „Rayhon hidi“ (1993), „Shukrona“ (1995), „Oy yogʻdusi“ (1996), „Koʻzim qorachugʻi“ (1998), „Xayol ifori“ (2008), „Yurakdagi qush“ (2009), „Xoksor maysa“ (2010), „Dilchiroq“ (saylanma kitobining birinchi jildi) kabi oʻndan ziyod sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan.

Oʻtkir Rahmat sheʼrlari samimiyligiga, goʻzal tashbehlar va istioralar aks etgan misralari bilan oʻquvchini maftun etadi.

Ayniqsa, tabiatning tabiiy boʻyoqlari soʻzlarga koʻchib oʻtish jarayonida nafis rang-baranglik hosil qilishi — shoir ijodining oʻziga xos jihati sifatida eʼtiborni tortadi.

Nashr etilgan asarlari

Nashr etilgan asarlari
Asar nomiNashr shahriYilNashriyot
IrmoqToshkent1988nomaʼlum
SogʻinchToshkent1991nomaʼlum
Rayhon hidiToshkent1993nomaʼlum
ShukronaToshkent1995Choʻlpon nashriyoti
Oy yogʻdusiToshkent1998Yozuvchi nashriyoti
Koʻzim qorachugʻiToshkent1998nomaʼlum
Xayol iforiToshkent2008nomaʼlum
Yurakdagi qushToshkent2009nomaʼlum
Xokisor maysaToshkent2010mavjud emas
Dilchiroqnomaʼlumnomaʼlumnomaʼlum
Yuqori