Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oybek Kasimov (1980-yil 26-avgustda Toshkentda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik sport mutaxassisi va davlat arbobi. 2020-yildan Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi

Oybek Kasimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oybek Kasimov
Oybek Omilovich Kasimov
Oʻzbekiston Respublikasi Olimpiya Qoʻmitasi Bosh Kotibi
Mansab davri
2020-yildan
Oʻtmishdoshi Jasur Matchanov
Mansab davri
2012-yildan – 2018-yilgacha
Oʻtmishdoshi Muhammadali Karimov
Vorisi Jasur Matchanov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1980-yil 26-avgust (1980-08-26) (46 yosh)
Toshkent, OʻzSSR, SSRI
Mukofotlari

Oybek Kasimov (1980-yil 26-avgustda Toshkentda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik sport mutaxassisi va davlat arbobi. 2020-yildan Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh Kotibi lavozimida faoliyat yuritmoqda

Mehnat faoliyati

2004-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini bitirgan.

1999—2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi „Uzprommashimpeks“ davlat aksiyadorlik kompaniyasida yurist maslahatchi.

2006—2010 — Paxtakor futbol klubida Bosh direktorning birinchi oʻrinbosari, keyinchalik bosh direktor.

2010—2012 — Toshkent shahar futbol federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti.

2012—2018 — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi

2018—2020 — Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari.

2020-yildan hozirgacha — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi.

2026-yildan hozirgacha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi ijroiya qoʻmitasining aʼzosi.

Mukofotlari

2016-yilda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.

2026-yilda „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Yuqori