Otagʻiyos Abdugʻaniyev (1859—1927) — buxorolik tanburchi. Shashmaqom cholgʻu yoʻllarini puxta egallab, har bir maqom kuyini oʻziga xos uslubda ijro etgan. 1920-yildan Abdugʻaniyev Buxoro Sharq musiqa maktabida Shashmaqom cholgʻu (tanbur) yoʻllaridan dars bergan. 20-yillarning boshlarida Abdurauf Fitrat tashabbusi tufayli Abdugʻaniyev ijrosidagi Shashmaqom cholgʻu yoʻllari ilk marta notaga yozib olinib, nashr etilgan.
Turkumlar::
- 1859-yilda tugʻilganlar
- 1927-yilda vafot etganlar