Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Orqa olay tizmasi - Pomirning shim.dagi togʻ tizmasi, Olay vodiysini jan.dan oʻrab turadi. Asosan, Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida. Uz. 240 km, eng balan

Orqa olay tizmasi

Orqa olay tizmasi - Pomirning shim.dagi togʻ tizmasi, Olay vodiysini jan.dan oʻrab turadi. Asosan, Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida. Uz. 240 km, eng baland joyi 7134 m. Slanets, ohaktosh, qumtosh va konglomeratlardan tarkib topgan. Shimoliy yon bagʻri uzunroq. Yon bagʻirlarining quyi qismida togʻdasht va togʻ-oʻtloq oʻsimliklari oʻsadi, balandrokda — abadiy qor va muzliklar yotadi (1436 km²). Orqa Olay tizmasit.dagi Qizilort dovoni (4280 m) orqali Oʻsh — Xorugʻ avtomobil trakti oʻtgan.

Yuqori