Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oqtepa (ruscha: Актепа) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Koson tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan.

Oqtepa (shaharcha)

Oqtepa
ruscha: Актепа
Shaharcha
39°5′27″N 65°36′57″E / 39.09083°N 65.61583°E / 39.09083; 65.61583
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Koson tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Oqtepa ruscha: Актепа xaritada
Oqtepa ruscha: Актепа
Oqtepa
ruscha: Актепа

Oqtepa (ruscha: Актепа) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Koson tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan.

Etimologiyasi

Shaharcha nomi "oq" va "tepa" soʻzlarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Akademik, tarixshunos olim Yahyo Gʻulomovning tadqiqotlariga koʻra, milodning IV-V asrlaridan boshlab Oʻrta Osiyoning barcha hududlarida sugʻorish kanallarining ustida va ekin dalalari markazida dehqonlarning xom gʻishtdan bunyod etilgan shiyponlari boʻlgan. Bu joylarning xarobalari hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. Bu hududlar tepa, oqtepa yoki tal deb nomlangan. Shahar ichi va tashqarisi asosan tekisliklardan iborat boʻlgan. Yirik qishloqlarning atrofida esa tepaliklar boʻlgan. Oqtepa ayni shunday tepaliklardan boʻlgan boʻlishi yoki qadimiy qoʻrgʻonlarning xarobasi boʻlishi mumkin. Choʻl zonalaridagi choshtepa, qorovultepa, qoratepa singari tepaliklarning bir turi oqtepa deb ataladi. Bu birikma keyinchalik geografik nomga aylanib ketgan. Yaʼni oqtepa nomli oddiy tepalik hudud nomiga Oqtepa shaklida berilgan. Mazkur shaharchada ham tepalik oʻz nomini qishloqqa bergan.

Aholisi

2016-yil 1-yanvardagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Oqtepa shaharchasida 2600 dan ortiq inson yashagan. Bu 3 yil avvalgi hisob-kitob natijasidan 200 taga ortiqdir.

Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etsa ham, shaharchada tojik, qozoq, qoraqalpoq va boshqa millat vakillari yashaydi.

Tuzilishi

Shaharcha hududida 74-sonli va 49-sonli maktab hamda bir necha doʻkonlar faoliyat yuritadi. Shaharchada Xalqobod mahallasi joylashgan.

Iqlimi

Oqtepa shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, iyulning oʻrtacha harorati 35-40°, yanvarniki 0 dan 1° gacha boʻlishi kuzatilgan. Shaharcha Qarshi choʻl zonasida joylashganligi sababli ham qishi sovuq, yozi esa issiq va jaziramali boʻladi.

Yogʻin miqdori

Oqtepadagi oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 190-200 mm ni tashkil etib, yogʻin asosan, bahor va qish oylarida tushadi. Vegetatsiya davri 210—240 kunga teng.

Yuqori