Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oqkoʻl tumani — Akmola viloyatining shimoliy qismida joylashgan. 1930-yili tashkil qopgan. 1997-yilgacha Alekseev tumani deb nomlanib keldi. Hududi 6,9 ming km2

Oqkoʻl (tuman)

Oqkoʻl tumani
Ақкөл ауданы
Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Akmola viloyati
Maʼmuriy markazi Oqkoʻl shahri
Asos solingan sanasi 1930-yil
Akim Yedigenov Temirjan Qanatovich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013) 27,566
Zichligi 2,9 kishi./km²
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 9 400 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Pochta indeksi 020100-020112
Avtomobil raqami kodi C, 03
Rasmiy sayti http://akkol.akmol.kz/
Xaritada
Oqkoʻl tumani xaritada
52°0′0″N 70°56′0″E / 52.00000°N 70.93333°E / 52.00000; 70.93333

Oqkoʻl tumani — Akmola viloyatining shimoliy qismida joylashgan. 1930-yili tashkil qopgan. 1997-yilgacha Alekseev tumani deb nomlanib keldi. Hududi 6,9 ming km2. Aholisi 27,5 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 2,9 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Oqkoʻl shahri.

Aholisi

Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin (1-yanvar 2010-yil):

  • qozoqlar — 11 756 kishi (39,92 %)
  • ruslar — 11 486 kishi (39,01 %)
  • ukrainlar — 1 789 kishi (6,08 %)
  • olmonlar — 1 735 kishi (5,89 %)
  • tatarlar — 687 kishi (2,33 %)
  • beloruslar — 455 kishi (1,55 %)
  • polyaklar — 439 kishi (1,49 %)
  • ingushlar — 180 kishi (0,62 %)
  • ozarbayjonlar — 110 kishi (0,37 %)
  • boshqirdlar — 84 kishi (0,29 %)
  • moldavanlar — 81 kishi (0,28 %)
  • koreyslar — 79 kishi (0,27 %)
  • boshqalari — 566 kishi (1,92 %)
  • Umumiy — 29 447 kishi (100,00 %)

Iqlimi

Iqlimi kontinental, qishi sovuq, yozi issiq, qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati — 170-18 °C, iyulniki 19-20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 350–400 mm.

Qishloqlari

  1. Enbek qishlogʻi
  2. Boʻgembay qishlogʻi
  3. Oqbuloq qishlogʻi

Ijtimoiy soha

Oqkoʻl tumanida kasbiy-texnik uchilish, 34 ta maktab, bola bogʻchalari, madaniyat uylari, klublar, kutubxonalar, tibbiyot mahkamalari faoliyat yuritmoqda. Tumandan Znamya Rodini gazetasi chiqariladi. Tuman, viloyat markazi — Koʻkshetov va boshqa qishloqlar bilan temir va avtomobil yoʻllari orqali bogʻlanadi.

Yuqori