| Olimxontoʻra Shokirxontoʻrayev | |
|---|---|
| Tavalludi | XIX asr 80-yillari boshi Toʻqmoq shahri (hozirgi Qirgʻiziston) |
| Vafoti | Maʼlum emas Maʼlum emas |
| Otasi | Shokirxontoʻra |
| Qarindoshlari | Alixontoʻra Sogʻuniy (ukasi) |
Olimxontoʻra Shokirxontoʻrayev – Turkiston muxtoriyati Milliy Majlisi aʼzosi, jamoat arbobi. Turkistondagi mashhur ulamo, harbiy sarkarda va jamoat arbobi Alixontoʻra Sogʻuniyning akasi.
Bolaligi
Turkistonning Toʻqmoq shahrida XIX asr 80–yillari boshlarida ulamo Shokirxontoʻra hoji xonadonida tugʻilgan. Bolaligi oʻzbeklar orasida oʻtgan. Toʻqmoq va Bolasogʻunda yashagan. Uygʻurlar va koʻchmanchi qirgʻizlar orasida ham katta hurmatga sazovor boʻlgan.
Siyosiy faoliyati
1917-yil noyabrda eʼlon qilingan Turkiston muxtoriyati hukumati faoliyatida qatnashgan. Turkiston Milliy Majlisi aʼzosi. Muxtoriyat hukumati agʻdarilgach, Qoʻqondan chiqib ketadi va chorvadorlar orasida yashaydi. Alixontoʻra Sogʻuniyning „Turkiston qaygʻusi“ xotiralar kitobida yozilishicha, Qoʻqon fojialaridan 2—3-yil keyin u akasi Olimxontoʻra taqdiri bilan qiziqib, Qoshgʻar safaridan soʻng oʻz yashash joyi – Bolasogʻun va Toʻqmoqdan Qoʻqon va Andijonga keladi. Andijon shahrida Xoʻtanariq boʻyidagi ota mahallasida yashovchi pochchasi Abdullahoji uyida Alixontoʻra oʻz akasi Olimxontoʻra bilan koʻrishadi. Olimxontoʻraning keyingi taqdiri haqida maʼlumotlar uchramaydi.
Yana qarang
- Tarixiy shaxslar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar