| Oksitan tili | |
|---|---|
| | |
| Milliy nomi | occitan, lenga d'òc |
| Mamlakatlar | Fransiya, Ispaniya, Italiya, Monako |
| Rasmiylik holati | |
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 2 000 000 (1999) |
| Tartiblovchi tashkilot | Conselh de la Lenga Occitana/CLO (Occitan Language Council); Congrès Permanent de la Lenga Occitana |
| Turkumlanishi | |
| Turkum | Yevroosiya tillari |
| Til oilasi |
|
| Alifbosi | Lotin alifbosi |
| Til kodlari | |
| ISO 639-1 | oc |
| ISO 639-2 | oci |
| ISO 639-3 | oci |
Oksitan tili, provansal tili — roman tillaridan biri; Janubiy Fransiyada, shuningdek, Italiya shimolida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 10 mln. kishidan ortiq. Laxjalari 2 guruhga bulinadi: shimoliy oksitan (limuzin, overn, provans-alp) va oʻrta oksitan (langedok, pro-vans), shu bilan birga alohida gaskon lahjasi ham mavjud. Oksitan tili fransuz tiliga yaqin bulsada, bir qancha fonetik va morfologik jihatlari bilan undan farq qiladi. Adabiy tili XI asrdan mavjud, XII—XIII asrlarda adabiyot taraqqiyot choʻqkisiga koʻtarilgan. Ana shu davrda bir qancha lahjalarning qoʻshilishidan umumprovansal adabiy tili shakllangan. XIII asrda Pirovansning Shimoliy Fransiyaga qoʻshib olinishi Oksitan tili vazifa doi-rasining keskin qisqarishiga, uning bir necha alohida lahjalarga boʻlinib ketishiga olib keldi. Hozirgi Oksitan tilidagi adabiyot cheklangan holda, koʻpincha ogʻzaki muomalada qoʻllanadi. Yozuvi lotin grafikasi asosida. Kad- yozuv yodgorliklari X—XI asrlarda yaratilgan.
Oksitan tili (oksitancha talaffuzi: utsiˈta; fransuzcha talaffuzi: ɔk.si'tɑ̃) yoki Lenga d'òc (ˈleŋɡɔ ˈðɔ(k); fransuzcha: Langue d'oc) roman tillaridan biri boʻlib, unda Fransiya janubi, Italiyaning Oksitan vodiyi, Monako va Ispaniyaning Val d'Aran mintaqasida yashovchi qariyb 2 million aholi gaplashadi. Oksitan tili Kataloniya rasmiy tillaridan biri. Oksitanchaga yaqin til katalan tilidir.
- Tillar
- Oksitan tili