Oklend – Yangi Zelandiyadagi shahar, shimoliy orolda, Oklend yarim orolni Shimoliy orolning asosiy qismi bilan bogʻlab turuvchi boʻyinda joylashgan. Aholisi – 1,1 mln. kishi (2000). Tinch okeanining Xauraki qoʻltigʻidagi muhim dengiz porti, yiliga 16 mln. t yuk ortib-tushiriladi. Chetga jun, goʻsht chiqaradi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oklend (shahar) stansiyasi. Mamlakatning muhim sanoat markazi (mamlakatdagi sanoat mahsulotining 1/3 qismi ishlab chiqariladi). Mashinasozlik (xususan, transport, qishloq xoʻjaligi, elektrotexnika mashinasozligi), metallsozlik, kimyo, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1882) sanʼat galereyasi, maoriylar sanʼati muzeyi bor.
Oklend – Yangi Zelandiyadagi shahar, shimoliy orolda, Oklend yarim orolni Shimoliy orolning asosiy qismi bilan bogʻlab turuvchi boʻyinda joylashgan. Aholisi – 1