Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oʻyil tumani — Oqtoʻba viloyatining shimoli-gʻarbiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 11,5 ming km2. Tuman 1930-yilda tashkil topgan. Aholisi 18 914 (2013);

Oʻyil (tuman)

Oʻyil tumani
qoz. Ойыл ауданы
tuman
Tarkibida Oqtoʻba viloyati
Maʼmuriy markazi Oʻyil
Asos solingan sanasi 1930-yil
Akim Jusibaliyev Asqar Qazixanovich
Rasmiy tillar qozoq
Aholi (2013) 18,914
Zichligi 1,6 kishi./km²
Dinlar tarkibi Musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 11,500 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 71332
Pochta indeksi 030900-030907
Avtomobil raqami kodi D, 04
Rasmiy sayti http://uil.aktobe.gov.kz/kk
Xaritada
Oʻyil tumani xaritada
49°4′25″N 54°39′47″E / 49.07361°N 54.66306°E / 49.07361; 54.66306

Oʻyil tumaniOqtoʻba viloyatining shimoli-gʻarbiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 11,5 ming km2. Tuman 1930-yilda tashkil topgan. Aholisi 18 914 (2013); kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 1,6 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Oʻyil qishlogʻi.

Iqlimi

Tuman iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –14 — 16 °С, iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 22 – 24°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 220 – 250 mm.

Aholi punktlari

Qayindi, Qorakemar, Qoraoʻy, Qaratal, Kamar, Koʻptoʻgʻoy, Sarbie, Oʻyil

Ijtimoiy soha

Tumanda 25 ta maktab, 1 madaniyat uyi, 14 kutubxona, 4 klub, 1 muzey aholiga xizmat qilmoqda. Tibbiyot sohasida tuman kasalxonasi va shifoxonasi, san.-epidemiologik stansiya, 8 feld.-akusherlik punkt aholi uchun xizmatda. Tuman hududi orqali Oʻyil – Shubarquduq, Oʻyil – Qoʻbda avtomabil yoʻllari oʻtadi.

Yuqori