Nyu-York — AQShning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Atlantika okeani sohilida (Long-Aylend oroli ham Nyu-York tarkibida), Kanada bilan chegaradosh. Maydoni 141,3 ming km2. Aholisi – 19 571 216 kishi (2023); 84% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi – Albany shahri. Yirik shaharlari: Nyu-York, Buffalo, Rochester, Syracuse. Shtat hududining koʻp qismida Appalachi togʻ tizmalari (eng baland joyi 1 628 m) joylashgan. Iqlimi moʻtadil, sernam iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0–8 °C, iyulniki 20–23 °C. Yillik yogʻin 800–1 000 mm. Yirik daryolari: Gudzon, Saint-Lavrens. Oʻrmonlar bor.
| |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Shtat | |||||
| |||||
| Shtat laqabi: | |||||
| |||||
| Mamlakat | |||||
| Poytaxt | Albany | ||||
| Eng yirik shaharlar | Nyu-York Buffalo Rochester | ||||
| Maydon • Butun | AQSh: 27-oʻrinda 141297 km² | ||||
| Aholi • Butun (2021) | AQSh: 4-oʻrinda 19571216 | ||||
| YIM • YIM | AQSh: 2-oʻrinda $896,739 million | ||||
| Ittifoqqa kirish • Sana | 11-boʻlib 1788-yil 26-iyul | ||||
| Vaqt | UTC-5 (EST) | ||||
| Qisqartma | NY [36] | ||||
| Shtat guli | Rose (Rosa) | ||||
| Shtat daraxti | Sugar Maple (Acer saccharum) | ||||
Nyu-York – AQShning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan va aholisi zich shtatlaridan biri. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish va savdo aylanmasi boʻyicha AQShda 1-oʻrinda. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoqlari: sut chorvachiligi, parrandachilik, sabzavotchilik, tokchilik.
Nyu-York hududini VII asr boshida gollandlar bosib olgan. Shtatning mahalliy aholisi qirib tashlangan. 1664-yilda Nyu-Yorkni inglizlar egallagan. 1776-yilda Nyu-York AQShni tuzishda qatnashgan dastlabki 13 shtatdan biri boʻlgan.
Demografiyasi
|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Manba: 1910–2020; 2023. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Adabiyotlar
- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 1-jild, Toshkent, 2000-yil.


