| Nina Stojanović | |
|---|---|
| Nina Stojanović 2019-yilda | |
| Mamlakat | |
| Istiqomat joyi | Belgrad, Serbiya |
| Tugʻilishi | 1996-yil 30-iyul Belgrad, Serbiya, FR Yugoslaviya |
| Boʻyi | 1,76 sm |
| Professionallik | 2014 |
| Ishlatadigan qoʻli | Oʻng qoʻl bilan |
| Murabbiy | Velko Radojičić (2016–18) Andoni Vivanko (2019–hozirgacha) |
| Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori | $1,542,829 |
| Yakkalik bahslar | |
| Rekordi | 265–174 |
| Jami titullari | 1 WTA 125 |
| Eng yuqori pozitsiyasi | 81-oʻrin (2-mart 2020) |
| Joriy pozitsiyasi | 159-oʻrin (14-iyul 2025) |
| „Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari | |
| Australian Open | 2-bosqich (2021) |
| French Open | 1-bosqich (2020, 2021, 2025) |
| Wimbledon | 1-bosqich (2021, 2025) |
| US Open | 1-bosqich (2020, 2021) |
| Boshqa turnirlar | |
| Olympic Games | 2-bosqich (2021) |
| Juftlik bahslari | |
| Rekordi | 242–115 |
| Jami titullari | 2 WTA, 1 WTA 125 |
| Eng yuqori pozitsiyasi | 37-oʻrin (17-yanvar 2022) |
| Joriy pozitsiyasi | 112-oʻrin (14-iyul 2025) |
| „Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari | |
| Australian Open | Yarim final (2021) |
| French Open | 2-bosqich (2018, 2020) |
| Wimbledon | Chorak final (2021) |
| US Open | 2-bosqich (2018, 2021) |
| Boshqa juftlik turnirlari | |
| Olimpiyada oʻyinlari | 1-bosqich (2021) |
| „Katta dubulgʻa“ turniri aralash juftlik bahslari natijalari | |
| Australian Open | 1-bosqich (2022, 2025) |
| Boshqa aralash juftlik turnirlari | |
| Olympic Games | Yarim final — 4-oʻrin (2021) |
| Jamoa musobaqalari | |
| Soʻnggi marta yangilandi: 14-iyul 2025. | |
Nina Stojanović (1996-yil 30-iyulda tugʻilgan) — serbiyalik professional tennischi. 2020-yil 2-mart kuni yakkalik bahslarida faoliyatidagi eng yuqori natijani qayd etgan — dunyo reytingida 81-oʻrinni egallagan. 2022-yil 17-yanvarda WTA juftlik bahslari reytingida 37-oʻringa koʻtarilgan.
Stojanović juftlik bahslarida ikkita WTA turda, yakkalik va juftlik oʻyinlarida bittadan WTA 125 chempionligini qoʻlga kiritgan. Yoshlar oʻrtasida sportchi juftlik bahslarida uch marta Katta dubulgʻa yarim finaliga chiqqan, ularning har biri turli qoplamali kortlarda oʻtkazilgan. Jumladan, ushbu natijalar 2013-yilda French Open va Wimbledon, 2014-yilda Australian Open turnirlarida qayd etilgan edi. Professional tennischi sifatida Stojanović 2016-yilda WTA turda debyut ishtirokini amalga oshirgan. 2019-yilda tennischi yakkalik bahslarida ilk WTA turi yarim finali — Jiangxi xalqaro turniriga chiqqan. Shuningdek, juftlik bahslaridagi ilk chempionligini Baltic ochiq turnirida qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili Stojanović yakkalik bahslarida ilk bor kuchli 100 talik reytingga kirgan, juftlik bahslarida esa 2017-yilda WTA turda uchta final bahsiga yoʻl olib, ilk bor kuchli yuztalikdan joy olgan. Stojanović 2020-yilda oʻtkazilgan Tokio Olimpiadasida aralash juftlik bahslarida 4-oʻrinni egallagan.
Sport faoliyati

Stojanović yoshlar oʻrtasida jahonning 17-raqamli tennischisi boʻlgan (2013-yil aprel holatiga koʻra). U yoshlar oʻrtasida jami uchta yakkalik oʻyinlarida va oʻnta juftlik bahslarida chempionlikni qoʻlga kiritgan. Sportchi oʻzining ilk ITF Junior Circuit turniridagi ishtirokini 2010-yil mart oyida 13 yoshida Grade-4 Malta U18 ITF oʻsmirlar ochiq turnirida oʻtkazgan. 2010-yil avgust oyida Sloveniya oʻsmirlar ochiq turnirida ilk bor juftlik bahslarida ishtirokini amalga oshirgan. Stojanović yoshlar oʻrtasidagi soʻnggi turnirini 2014-yil avgust oyida Yevropa yozgi kubogida oʻtkazgan.
2011-yil iyun oyida Stojanović oʻzining ilk ITF chempionligini Grade-5 Podgorica ochiq turnirida yakkalik bahslarda qoʻlga kiritgan. Juftlik bahslarida esa finalga chiqqan. Shundan soʻng, u Grade-4 Carthago kubogida juftlik bahslarida ilk bor chempionlikka sazovor boʻlgan. Keyingi yili tennischi Moskvada oʻtkazilgan Grade-3 Ozerov kubogida finalga chiqqqan va raqibini magʻlubiyatga uchratib, juftlik bahslari chempioniga aylangan. 2012-yil iyul oyida sportchi Kasablanka shahrida boʻlib oʻtgan Grade 1 Mediterranee Avenir turniri juftlik bahslarida gʻalaba qozongan. 2012-yil noyabr oyida u Grade-1 Yucatan kubogi chorak finaliga chiqqan, biroq raqibi Marcela Zacariasga magʻlub boʻlgan. 2012-yil dekabr oyida Stojanović ilk bor Orange Bowl turnirida ishtirok etgan, biroq yakkalik bahslarida birinchi davrada, juftlik bahslarida esa ikkinchi davrada magʻlubiyatga uchrab, oʻyindan chiqib ketgan.
2013-yil yanvar oyida Stojanović Grade-2 Slovak oʻsmirlar ochiq turnirida final bahsida Maria Marfutinani magʻlub etib, musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritgan. Xuddi shu musobaqaning juftlik bahslarida ham chempionlikka ega chiqqan. Shundan keyin, tennischi Grade-1 Chexiya xalqaro oʻsmirlar ichki chempionatida chorak finalga chiqishga muvaffaq boʻlgan.
- 30-iyulda tugʻilganlar
- 1996-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Serbiyalik ayol tennischilar
- 21-asr serbiyalik ayol sportchilar