- Vikipediyada ismi Nigora va familiyasi Karimboyeva boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Nigora Karimboyeva | |
|---|---|
| Tavalludi | 1979-yil 11-fevral Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | aktrisa, teleboshlovchi |
| Janr | drama, komediya, triller |
| Turmush oʻrtogʻi | Shokir |
| Bolalari | Jaʼfar Shokir |
| Qarindoshlari | Singillari: Hilola, Dildora |
| Mukofotlari | |
Nigora Abdurahmonovna Karimboyeva (1979-yil 11-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbekistonlik aktrisa va teleboshlovchi, radioboshlovchi. „Sardor“, „Chashma“, „Togʻa“ filmlaridagi rollari hamda boshqa filmlardagi salbiy rollari bilan tanilgan.
Hayoti
Nigora Karimboyeva 1979-yil 11-fevralda Toshkentda pedagoglar oilasida tugʻilgan. Otasi qurilish kollejida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Onasi arxitektor. Ularning Nigora, Hilola, Dildora ismli 3 qizi boʻlgan boʻlib, aktrisa toʻngʻich farzandidir. 16 yoshida otasining qarshiligiga qaramasdan Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining kino aktyorligi fakultetiga oʻqishga kirgan. Oʻqishni 1999-yilda tamomlagan.
Faoliyati
2-kursligida Ilhom teatrida qoʻyilgan „Beliy, beliy, cherniy aist“ („Oppoq, oppoq, qora laylak“) spektaklidagi Mohichehra rolini oʻynagan. Kinodagi birinchi rolini 1999-yildan Yolqin Toʻychiyevning „Fevral“ filmida ijro qilgan. Aktrisa koʻproq kursdoshi rejissyor, ssenariychi Yolqin Toʻychiyev hamda Zulfiqor Musoqov, Yusuf Roziqovning filmlarida suratga tushgan. 2004—2014-yillarda Sport telekanalida diktor boʻlib ishlagan. Shundan keyin 6 yil davomida Oʻzbekiston telekanalidagi „Oydin hayot“ tok-shousida boshlovchilik qilgan.
Ijodiy faoliyati davomida kinoda 15 dan ortiq bosh rollarni oʻynagan. Oʻnga yaqin spektakllarda rol ijro etgan, xususan, Ilhom teatrida sahnalashtirilgan Carlo Gozzining „Baxtli gadolar“ (ruscha: Счастливые нищие) pyesasida Smeraldina, Federico García Lorcaning „Qonli toʻy“ (ruscha: Кровавая свадьба) Leonardoning xotini, Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan William Shakespearening „Yoz tunidagi tush“ (ruscha: Сон в летнюю ночь) pyesasida Germiya, „Qirol Lir“ pyesasida Kordeliya rolini oʻynagan.
Shuningdek, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida „Sahna nutqi“ kafedrasi katta oʻqituvchisi hamda Ilhom teatri aktrisasi boʻlib ishlaydi.
Oilasi
Turmush oʻrtogʻining ismi Shokir, ularning Jaʼfar ismli bir oʻgʻli bor. Singillari Hilola Kanadada va Dildora Janubiy Koreyada istiqomat qilishadi.
Mukofotlari
2018-yilda „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan.
Filmografiyasi
Kino
| Yil | Film nomi | Rol |
|---|---|---|
| 2000 | Ayollar saltanati | Notanish goʻzal |
| 2005 | Alvido sevgi | Muqaddas |
| Xotira rashki | Sanatoriya shifokori | |
| Sarvinoz 2. Baxt uchun million | Zaynab | |
| 2006 | Vatan | epizod rol |
| Chashma | Orzi | |
| Osmon yaqin | Nigora | |
| 2007 | Oppoq, oppoq, qora laylak (film-spektakl) | Mohichehra |
| 2010 | Mehribonim | Kumush |
| Dada | Hanifa Qurbonova | |
| 2011 | Qoʻrgʻoshin | Gulbahor |
| Oʻxshatmasdan uchratmas | Lobar | |
| 2012 | Qovun | Lolaxon |
| Tubanlik | oʻqituvchi Shoira | |
| 2013 | Soy qoʻshigʻi | Maktab direktori |
| Bekatdagi odam | epizod rol | |
| 2014 | Togʻa | Lola |
| Roʻyo (Akaxon) | Vohidning xotini | |
| 2015 | Katta odam | Nilufarning onasi |
| 2016 | Maʼsuma | Malika |
| 2018 | Maqsad | Ona |
| Berlin — Oqqoʻrgʻon | Nodira | |
| Sabot | Maktab oʻqituvchisi | |
| Sarvqomat dilbarim | Tergovchi Alimova | |
| 2020 | Ilhaq | Zarifa |
| 2022 | Dada degin | bolaning onasi |
| Kasallik tarixi | Vazir | |
| 2023 | Osmondagi bolalar 3 | epizod rol |
Teleserial
| Yil | Fil nomi | Rol |
|---|---|---|
| 2000 | Sardor | Zamira |
| 2005 | Ayol zoti | Zuhra |
| Sardor 2 | Zamira | |
| 2011 | Fidoyilar | Gulbahor |
| 2014 | Kuch birlikda | Madinaning onasi |
| 2019 | Ojiza | Bosh rol |
| Zaharli tomchilar | Bosh rol | |
| 2021 | Maktab | Ogʻay ona |
| 2022 | Ofitser 55 | Lidiya Abbosova |
| 2023 | Hokim buva | Risolat |
| Ikkinchi ota | Bosh rol |
- 11-fevralda tugʻilganlar
- 1979-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonlik aktrisalar