Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Nazokat Neʼmatova (21-mart 1922-yil - Buxoro — 31-yanvar 2002-yil) — Oʻzbekiston xalq artisti (1950). Sahna faoliyatini Buxoro yosh tomoshabinlar teatrida boshl

Nazokat Neʼmatova

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Nazokat va familiyasi Neʼmatova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Nazokat Neʼmatova (21-mart 1922-yil - Buxoro — 31-yanvar 2002-yil) — Oʻzbekiston xalq artisti (1950). Sahna faoliyatini Buxoro yosh tomoshabinlar teatrida boshlagan (1938). 1941-yildan Buxoro viloyat musiqali drama va komediya teatrida. Yokimli shirador ovozi (dramatik soprano) drama bilan bir qatorda musiqali dramalarda ham rang-barang lirik qaxramonlar obrazini yaratish imkonini bergan. Gulnor (Sh. Saʼdulla, xalq musiqasi, "Yoriltosh"), Layli (Xurshid; T. Sodiqov, R. Glier, "Layli va Majnun"), Zuhra (S. Abdulla; T. Jalilov, "Tohir va Zuxra"), Shirin (Komil Yashin; Yu. Rajabiy, B. Nadejdin, "Farhod va Shirin"), Sanam (A. Bobojon; K. Otaniyozov, "Aziz va Sanam"), Sonni (B. Gargi; M. Ashrafiy, "Mirza Izzat Hindistonda") kabi bosh qahramonlar siymosini gavdalantirgan. Dramalarda Jamila ("Boy ila xizmatchi"), Guli ("Alisher Navoiy"), Katerina ("Momoqaldiroq") singari obrazlar yaratgan.

Yuqori