Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Nazira Nasriddinovna Aliyeva (31-dekabr 1912, Toshkent — 19-iyun 1980) — O‘zbekiston SSR xalq artisti (1969). Boku teatr texnikumini (1927), Moskva davlat teatr

Nazira Aliyeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Nazira va familiyasi Aliyeva boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Nazira Aliyeva
Tavalludi 31-dekabr 1912-yil
Vafoti 19-iyun 1980-yil(1980-06-19)
(67 yoshda)
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya imperiyasi
SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari
O‘zbekiston SSR xalq artisti

Nazira Nasriddinovna Aliyeva (31-dekabr 1912, Toshkent — 19-iyun 1980) — O‘zbekiston SSR xalq artisti (1969). Boku teatr texnikumini (1927), Moskva davlat teatr sanʼati institutini (1934) tugatgan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti katta oʻqituvchisi (1945-yildan), kafedra mudiri (1949-66), dotsenti (1961-yildan).

Aliyeva 1935-1941-yillarda M. Azizbekov nomidagi Ozarbayjon davlat akademik drama teatrida Soʻlmas (Jafar Jabborli, „Oʻt kelini“), Durdona (Husayn Jovid „Siyovush“), Juletta (U. Shekspir, „Romeo va Juletta“) obrazlarini ozarbayjon tilida yaratdi. 1934, 1941-48 yillarda Hamza nomidagi teatrda Dezdemona (U. Shekspir, „Otello“), Xolisxon, Jamila (Hamza, „Xolisxon“, „Boy ila xizmatchi“), Shirmon (I. Sulton, „Burgutning parvozi“), Saodat (Komil Yashin va Amin Umariy „Hamza“) kabi yirik rollarni ijro etdi. „Sepsiz qiz“ (Aleksandr Ostrovskiy), „Alisher Navoiy“ (Uygʻun, I. Sulton), „Dengizdagilar sharafiga“ (Boris Lavrenev) spektakllariga rejissyorlik qilgan.

„Oʻlim qudugʻi“, „Uyqusiz tunlar“, „Mahallada duv-duv gap“ filmlarida oʻynagan. M. Shamxalovning „Qaynona“ komediyasini, M. Urdubodiyning „Qilich va qalam“ romanini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. „Sahna nutqining ravon va aniq boʻlishida muhim shartlar“, „Oʻzbek sahna nutqining baʼzi texnik elementlari“ ilmiy-metodik ishlar, „Sanʼat — mening hayotim“ esdaliklari muallifi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Yuqori