Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Nazar Matkarimovich Matchonov (1.1.1923 — 30.7.2010) — Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1970—1978).

Nazar Matchonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Nazar va familiyasi Matchonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Nazar Matkarimovich Matchonov
 Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi
 
Mansab davri
1970-yil 28-dekabrdan  1978-yilgacha
Oʻtmishdoshi Yodgor Nasriddinova
Vorisi Inomjon Usmonxoʻjayev
 Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi
Mansab davri
1962-yil may  1965-yil mart
Oʻtmishdoshi Ahmadali Rizayev
Vorisi Qayum Murtazoev
 Buxoro viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
1961-yil  1961-yil
Oʻtmishdoshi Irisqul Niyozmetov
Vorisi Sergey Tashkulov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-yanvar 1923-yil
Xiva, Xorazm XSR.
Vafoti 30-iyul 2010-yil(2010-07-30)
(87 yoshda)
Toshkent
Siyosiy partiyasi VKP (b) / KPSS
Taʼlim Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti
Kasbi Veterinar
Ilmiy unvoni Veterinariya fanlari doktori (1969)
Mukofotlari
Unvoni professor (1971)

Nazar Matkarimovich Matchonov (1.1.1923 — 30.7.2010) — Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1970—1978).

Tarjimai hol

Hunarmand oilasida tugʻilgan.

Taʼlim

1949-yildan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. Veterinariya fanlari doktori (1969), professor (1971).

Mehnat faoliyati

1949—1959-yillarda tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi bosh veterinariya vrachi, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi veterinariya boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirligi veterinariya boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 1959—1960-yillarda Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, 1960—1961-yillarda Oʻzbekiston KP Buxoro viloyat qoʻmitasi kotibi, 1961-yilda Buxoro viloyat kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi, 1962—1965-yillarda Oʻzbekiston KP Buxoro viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, 1961-1962 yillarda Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, 1965—1970-yillarda Oʻzbekiston KP Markaziy komiteti kotibi, 1970—1978-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi, 1966—1978-yillarda Oʻzbekiston KP Markaziy komiteti byurosining aʼzosi. SSSR Oliy Kengashi 7-8 chaqiriq deputati vazifalarida ishlagan. 1978-yil dekabrdan nafaqaga chiqqan.

1978—1989-yillarda Oʻzbekiston SSR fanlar akademiyasi zoologiya va parazitologiya instituti direktori, 1989—1991-yillarda Oʻzbekiston SSR fanlar akademiyasi zoologiya va parazitologiya instituti gelmintologiya laboratoriyasi bosh ilmiy xodimi kabi ilmiy vazifalarda ham ishlagan.

Yuqori