- Vikipediyada ismi Navbahor va familiyasi Imamova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Navbahor Imamova | |
|---|---|
| | |
| Tavalludi | 1978-yil 15-fevral Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Qoʻshqoʻrgʻon qishlogʻi |
| Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
| Kasbi | Jurnalist |
| Faoliyat yillari |
|
| Mukofotlari |
|
Navbahor Imamova — „Amerika Ovozi“ teleradiosining oʻzbek jurnalisti. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Qoʻshqoʻrgʻon qishlogʻida ziyoli oilasida tugʻilgan. Televideniye, radio va internet orqali 2001-yildan buyon Amerika Qoʻshma Shtatlari va Markaziy Osiyoni yoritadi. 2003-yildan beri „Amerika manzaralari“ nomli haftalik dasturini taqdim etib, Vashingtonning Markaziy Osiyo bilan aloqalari hamda Amerikadagi hayot va siyosatni tahlil qiladi. Shuningdek, „Amerika Ovozi“ gender masalalari boʻyicha kengashining asoschisi va raisi.
Navbahor Imamova 2018-yildan boshlab „Amerika Ovozi“ teleradiosining Oʻzbekiston boʻyicha muxbiri sifatida roʻyxatdan oʻtgan. Respublika Tashqi ishlar vazirligi AQShdan akkreditatsiya qilgan ilk jurnalistdir.
Taʼlim
- 2016—2017-yillarda — Harvard universitetining John Kennedy nomidagi davlat boshqaruvi oliy maktabidan magistrlik darajasi (Edward E. Mason stipendianti)
- 2003-yil — AQShdagi Ball davlat universitetidan jurnalistika boʻyicha magistrlik darajasi
- 2000-yil — Hindistondagi Maysur universitetidan jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya yoʻnalishida bakalavrlik darajasi
- 1995—1997 — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Faoliyati
Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda Oʻzbekiston radiosining „Xalqaro hayot“ redaksiyasida boshlagan. 2001-yildan buyon AQShda yashab faoliyat yuritadigan Navbahor Imamova Oʻzbekiston Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida mahorat darslari ham bergan.
Mukofotlari
- 2009 — Outstanding Young Alumna (Ball State University)
- 2010 — VOA Gold Medal („Amerika Ovozi“ Oltin Medali).
- 15-fevralda tugʻilganlar
- 1978-yilda tugʻilganlar