Navbahor — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Pop tumanidagi shaharcha (1979-yil 15-dekabrdan). 1972-yilda, Namangan — Qoʻqon avtomagistrali yonida, choʻlda, qum barxanlari orasida vujudga kelgan. Tuman markazidan 25 km, viloyat markazidan 75 km. Namangan — Andijon temir yoʻldagi stansiya. Aholisi 2 ming kishi (2003). Navbahorda umumiy taʼlim maktabi, toʻliqsiz maktab, baliqchilik aksiyadorlik jamiyati, fuqarolar yigʻini binosi, 5 tibbiy punkt, vrachlik ambulatoriyasi, savdo, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.
Turkumlar::
- Oʻzbekiston geografiyasiga oid chala maqolalar
- Pop tumanidagi shahar tipidagi aholi punktlari